Линклар

22 феврал 2018, Тошкент вақти: 13:52

Tramp Kongressda qilgan chiqishida Xitoy bilan Rossiyani “raqiblar” deb atadi

  • Озодлик

Trampning Kongressdagi nutqi 1 soatu 23 daqiqa davom etdi. 2018, 30 yanvar.

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy bilan Rossiyani raqiblar deb atadi hamda ularga “yengib bo‘lmaydigan kuch” bilan qarshi turish zarurligini uqtirdi. Tramp, shuningdek, Kongressni 2015 yilda Eron bilan yadro dasturi borasida erishilgan bitimning “asosiy kamchiliklari”ni tuzatishga chaqirdi.

Bu fikrlarini AQSh rahbari 30 yanvar kuni Kongress palatalari qo‘shma majlisida qilgan mamlakatdagi ahvolga oid ma’ruzasida bildirdi.

Ma’ruzada asosiy e’tibor AQShning tanazzulga yuz tutayotgan infratuzilmasini qayta qurish, ayrim mintaqalarda xavfli tus olayotgan narkotiklar epidemiyasi va immigratsiya bilan bog‘liq qonun-qoidalarni isloh qilishga qaratildi.

Ammo ma’ruzada Qo‘shma Shtatlar duch kelayotgan yirik tashqi siyosat muammolari haqida ham so‘z yuritildi.

Prezident “qallob rejimlar, terrorchilik guruhlari, manfaatlarimiz, iqtisodiyotimiz va qadriyatlarimizga xavf tug‘dirayotgan Xitoy va Rossiya kabi raqiblar”ni ham eslab o‘tdi.

Tramp yana Eronning hokimiyat tepasidagi diniy rahnamolariga qarshi qaratilgan va butun mamlakatni qamrab olgan norozilik namoyishlarini ham tilga oldi. U Kongressni 2015 yili yadro dasturi bo‘yicha erishilgan bitimga tuzatishlar kiritish bo‘yicha yangi qonunni qabul qilishga chaqirdi.

Tramp ham, ko‘plab respublikachilar ham Barak Obama ma’muriyati imzolagan bitimni tinmay tanqid qilib keladi.

Prezidentga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning yadro raketalari yaratishga “tinmay intilishi” tez orada Qo‘shma Shtatlarga ham tahdid qilishi mumkin. Shuning uchun ushbu mamlakatga qarshi tinmay bosim o‘tkazish kerakligini ta’kidladi.

Prezident ma’ruzasida yangragan yana bir muhim jihat Kubaning Guantanamo ko‘rfazidagi AQSh harbiy hibsxonasini saqlab qolish to‘g‘risidagi farmonni imzolagani haqidagi xabar bo‘ldi.

Bir paytlar uni sobiq prezident Barak Obama yopmoqchi bo‘lgan edi.

Tramp bilan respublikachi tarafdorlari soliq siyosatini qayta ko‘rib chiqishga erishgan, ishsizlar soni kamayib, iqtisodiyotda ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berayotgan bo‘lsa-da, prezidentlikning dastlabki yili oson kechgani yo‘q.

Ayniqsa, Rossiyaning 2016 yilgi AQSh prezidenti sayloviga aralashuvi, Tramp yordamchilari bilan Rossiya hukumat vakillarining aloqa qilgani borasida gumonlar jinoiy va Kongress surishtiruvlariga sabab bo‘ldi.

Trampning 4 nafar yordamchisi turli jinoyatlarni sodir etganlikda, jumladan, FTB tergovchilarini aldaganlikda ayblanmoqda. Ular orasida prezidentning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha ilk maslahatchisi Maykl Finn ham bor.

Shu sababli Tramp siyosatini ma’qullovchilar soni bir yil ichida keskin kamayib ketdi.

Sinchilar va siyosiy tahlilchilarning qayd etishicha, Trampning ma’ruzasi parlamentga oldingi murojaatnomalar bilan bir o‘rinda mos tushadi: unda ham partiyalarni hamjihat ishlashga da’vat qilinadi. Biroq Trampning davlat rahbari aytishi mumkin bo‘lmagan gaplarni gapiraverishga moyilligi hamjihatlik ruhi saqlanib qolishiga monelik qiladi. Chunki joriy yil noyabrida Kongressga navbatdagi saylov bo‘lib o‘tadi.

XS
SM
MD
LG