Линклар

Шошилинч хабар
23 декабр 2025, Тошкент вақти: 12:17

Lola Karimova-Tillaeva YuNESKOdagi O‘zbekiston elchisi lavozimidan ketdi


So‘nggi paytlarda, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi saytida marhum prezident kenjasining o‘zini Lola Karimova-Tillaeva emas, balki Lola Tillaeva sifatida tadim qilgani kuzatildi.
So‘nggi paytlarda, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi saytida marhum prezident kenjasining o‘zini Lola Karimova-Tillaeva emas, balki Lola Tillaeva sifatida tadim qilgani kuzatildi.

O‘zbekiston Birinchi prezidenti Islom Karimovning kichik qizi Lola Karimova-Tillaeva 2 fevral kuni o‘zining Facebook sahifasida elchi lavozimini tark etayotganini ma’lum qildi.

Lola Karimova-Tillaevaning yozishicha, 2 fevarl uning YuNESKOdagi elchi sifatidagi so‘nggi kunidir.

“O‘zbekistonning YuNESKOdagi Doimiy vakolatxonasi 2008-2017 yillardagi faoliyati mobaynida Navro‘z xalq bayrami, Katta ashula, o‘zbek palovi an’analari, Boysun madaniy merosi, Shashmaqom va Askiya YuNESKOning insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. 2016 yili dunyodagi eng katta tog‘ tizmalaridan biri, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududini qamrab olgan G‘arbiy Tyan-Shan Butunjahon madaniy va tabiiy meros ro‘yxatiga kirildi. 2017 yil dekabr oyida atlas va adras to‘qish an’anaviy texnologiyasi YuNESKOning nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash bo‘yicha ilg‘or tajribalar ro‘yxatidan joy oldi”, deb yozdi Lola Kaprimova-Tillaeva o‘z faoliyatini baholar ekan (Muallif uslubi, orfografiya va punktuatsiyasi o‘zgartirilmadi-muharrir).

Lola Karimova-Tillaeva elchi lavozimini tark etayotganiga qaramay, O‘zbekistonda “Sen yolg‘iz emassan” xayriya jamg‘armasi ishini, yurak xastaliklari bilan og‘rigan o‘zbekistonlik bolalarni fransuz shifokorlari tomonidan davolanishi bo‘yicha dasturlarni amalga oshirishni davom ettirish maqsadida ekanini bildirgan.

Lola Karimova-Tillaeva 2017 yilning avgust oyida O‘zbekistonning YuNESKOdagi elchisi lavozimni tark etishi haqida birinchi marta bildirgan edi. O‘shanda 39 yashar Karimova-Tillaeva bundan so‘ng asosiy vaqtini otasi nomi berilgan xayriya tashkiloti faoliyatiga yordam berishga sarflashini aytgan.

So‘nggi paytlarda, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi saytida marhum prezident kenjasining o‘zini Lola Karimova-Tillaeva emas, balki Lola Tillaeva sifatida tadim qilgani kuzatildi.

Lola Karimova-Tillaeva hozirda O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasi rahbaridir. Shuningdek, «Sen Yolg’iz Emassan» respublika jamoatchilik jamg‘armasining vasiylar kengashi raisi, Osiyo gimnastika ittifoqining faxriy prezidentidir.

Keyingi yillarda u nomi Shveysariyada yashovchi puldorlar ro‘yxatidan o‘rin olgan shaxs sifatida ham bot-bot tilga olinmoqda.

Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova esa¸ O‘zbekiston Bosh prokuraturasi rasmiy bayonotiga ko‘ra¸ og‘ir iqtisodiy jinoyatlarda ayblanib¸ hozirda qamoqda saqlanmoqda.

XS
SM
MD
LG