Линклар

Шошилинч хабар
23 октябр 2018, Тошкент вақти: 20:02

Xivaga temir yo‘l kelishi sabab dehqon bozori ko‘chirilmoqda


Xiva markazidagi dehqon bozori buzilish uchue yopib qo‘yilgan.

Xorazmning Xiva shahri markazidagi dehqon bozorining ko‘chirilishi shu bozorda tirikchilik qilib kelgan dehqonlar va savdogarlar noroziligini uyg‘otdi. Savdogarlar vakillarining Ozodlikka aytishicha, yanvar oyi o‘rtalarida bozor yopilib, o‘nlab tadbirkor shahar chekkasidagi boshqa bozorga majburlab ko‘chirtirilgan. Xiva hokimiyatidagidar "Urganch-Xiva" temir yo‘l liniyasi qurilishi bilan bog‘liq shahardagi rekonstruksiya ishlari doirasida bozor buzilishini aytishmoqda.

Xiva markazidagi dehqon bozori buzilishi sabab qilib ko‘rsatilib, bozor 15 yanvardan yopilib, savdogarlar Xiva tumani chekkasida joylashgan Taqir posyolkasidagi bozorga qo‘chirilgan.

Xivaliklar Taqir posyolkasidagi bozor ularga uzoqlik qilayotgani, savdogarlar esa u yerda umuman sharoit yo‘qligini aytishadi.

- Militsiya itlar bilan yurib, savdo-sotiq qiladigan odamlarni do‘konlaridan chiqardi. Hammani Xiva kolxozidagi Taqir degan qishloq bor, o‘sha yerga ko‘chiryapti. Hokimiyat bozorni yiqamiz, deyapti. Bozor Qo‘y darvozani oldini to‘sib qo‘ygan ekan, turistlar uchun shu yerni ochish uchun buzamiz, deyapti. Hamma norozi, - deydi xivalik tadbirkor.

Hozirda Xivaning qadimiy Qo‘y darvozasi oldida joylashgan dehqon bozori buzish uchun yopib qo‘yilgan.

Xiva shahri hokimiyatining Ozodlik bog‘langan rasmiysi bozor "Urganch-Xiva" temir yo‘l liniyasi qurilishi bilan bog‘liq shahardagi rekonstruksiya ishlari doirasida buzilishini aytdi.

- Hozir prezidentimizni ko‘rsatmasi bo‘yicha Xivaga temir yo‘l liniyasi tushyapti. U yerda vokzal quriladi. Shu vokzalga kelgan poezddan tushib kelgan turistlarga Xivani qadimiy obidalari ko‘rinib turishi uchun bozor chekkaroqqa ko‘chirilyapti, - dedi hokimlik rasmiysi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev o‘tgan yil Xivaga tashrifi davomida Urganchdan Xivaga temir yo‘l liniyasini o‘tkazish hamda Xiva shahrida zamonaviy vokzal qurishni tayinlagan edi.

Shuningdek, elektropoezdlar harakatini, kelajakda esa Afrosiyob tezyurar poezdi harakatini yo‘lga qo‘yish lozimligini ham uqtirgandi.

Shahar hokimligidagilar ham temir yo‘l qurilishi Xorazm va Xivaga kelayotgan sayyohlar oqimini bir necha barobarga ko‘paytiradi, degan ishonchda.

Xivalik Sardor ham shaharda bo‘layotgan ishlardan mamnun ekanini aytadi.

- Bu bozor Xivani butun husnini buzib turgandi. Axlat bosib ketgan edi. Hozir u yer ochilib, vokzal qurilsa yana ham ko‘rkam bo‘ladi. Zamonaviy supermarketlar bo‘lsa shaharda yaxshi-da, - deydi Sardor.

Bundan avval ham O‘zbekistonning boshqa viloyat va tuman markazlarida bozorlarning buzilishi tadbirkorlarning keskin noroziligi manzarasida kechgan.

XS
SM
MD
LG