Линклар

Шошилинч хабар
15 август 2018, Тошкент вақти: 13:57

O‘zbek rasmiysi "O‘rikzor" bozorining sotuvga qo‘yilganini rad etdi


“O‘rikzor” Toshkentdagi eng yirik ulgurji bozorlaridan biri sanaladi.

O‘zbekistondagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rasmiysi O‘zA axborot agentligi muxbiri bilan suhbatda Toshkentdagi "O‘rikzor" bozori sotuvga qo‘yilgani haqidagi xabarlarni rad etgan. Boshqarma mulozimi savdoga qo‘yilgan davlat aktivlari haqidagi e’lonni ayrim ommaviy axborot vositalari noto‘g‘ri talqin etganini aytgan.

O‘zbekistondagi ayrim nashrlar 2 fevral kuni Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi Toshkent shahridagi 36 ta ob’ektni sotuvga qo‘ygani va ular orasida "O‘rikzor" ulgurji va chakana savdo bozori ham borligi haqidagi xabar bergan edi.

"O‘rikzor"ning start narxi 42 762 493 000,61 so‘m qilib belgilangani aytilgandi.

Lekin, O‘zbekistondagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rasmiysi O‘zA axborot agentligi muxbiri bilan suhbatda bu xabarga aniqlik kiritdi va Toshkentdagi "O‘rikzor" bozori sotuvga qo‘yilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Boshqarma mulozimi savdoga qo‘yilgan davlat aktivlari haqidagi e’lonni ayrim ommaviy axborot vositalari noto‘g‘ri talqin etganini aytdi.

Boshqarma bosh mutaxassisi Bahodir Yusufjonov "O‘zA" muxbiri bilan suhbatda Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan 36 ta davlat aktivi savdoga qo‘yilgan.

Ular orasida "O‘rikzor savdo kompleksi» mas’uliyati cheklangan jamiyati balansidagi ikkita mulk kompleksi ham bor.

Ikki kompleks ham Uchtepa tumanida joylashgan bo‘lib, biri savdo, ikkinchisi xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mulk kompleksi hisoblanadi.

Ular O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 23 iyundagi 507-farmoyishiga binoan savdoga qo‘yilgan.

"Savdoga qo‘yilgan davlat aktivlari haqidagi e’lonning ayrim ommaviy axborot vositalari tomonidan noto‘g‘ri talqin etilishi hamda yuzaki yondashilishi natijasida “O‘rikzor” bozorining sotilishi haqidagi xabarlar tarqab ketgan", - deb ta’kidlagan o‘zbek rasmiysi O‘zA muxbiriga.

“O‘rikzor” Toshkentdagi eng yirik ulgurji bozorlaridan biri sanaladi.

XS
SM
MD
LG