Линклар

Шошилинч хабар
23 май 2018, Тошкент вақти: 02:45

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi poytaxtda fuqarolar va xorijlik sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi "maxsus patrul" xizmati ish boshlaganini xabar qildi. Aytilishicha, zamonaviy maxsus kiyim kiygan paturl xodimlari chet elliklarga tarjimonlik qiladi, adashganlarga yo‘l ko‘rsatadi.

Toshkent IIBB saytida berilgan xabarga ko‘ra, "maxsus patrul" guruhlari "zamonaviy kiyim-kechak, maxsus anjom va texnika vositalar bilan ta’minlangan".

Rasmiy xabarda aytilishicha, ​“maxsus patrul” guruhidagi IIV xodimlari Toshkent temir yo‘l vokzali, I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti va Mustaqillik maydoni tegrasida yuradi.


Ularning qo‘lida zamonaviy uyali telefonlar bo‘ladi va ishi tushgan xorijliklar bilan ovoz vositasida tarjima qiluvchi “Transleyter” dasturi orqali muloqot qiladi.

Toshkent shahar IIBB rasmiy saytida aytilishicha, patrul xodimlarining qo‘llaridagi zamonaviy uyali telefonlarda “Navigator” tizimi o‘rnatilgan bo‘ladi va buning yordamida Toshkentga borgan chet elliklarga yo‘l ko‘rsatib yuborishadi.

Shu paytga qadar, O‘zbekiston IIV tizimida taransport vositalari harakatini nazorat qiluvchi va oqshomgi-tungi soatlarda fuqarolarning harakatlarini nazorat qiluvchi maxsus patrullar yo‘lga qo‘yilgani kuzatilgan.

Bundan tashqari, alohida ob’ektlarga uyushtirilgan reydlarda ishtirok etuvchi post-patrul xizmati bor.

XS
SM
MD
LG