Линклар

Шошилинч хабар
24 май 2018, Тошкент вақти: 20:42

O‘zbekiston MXXsiga aloqadorlikda gumonlangan muxolifatchi ochlikni davom ettirmoqda


"O‘zbekiston maxsus xizmatlari bilan aloqada bo‘lgan"i iddao qilingan Ernest Karibekov.

Bishkekdagi 47-qamoqxonada saqlanayotgan muxolifat liderlari Bektur Asanov 7 kundan beri, Kubanichbek Kadirov 6 kundan beri va "O‘zbekiston maxsus xizmatlari bilan aloqada bo‘lgan"i iddao qilingan Ernest Karibekov 5 kundan beri ochlikni davom ettirmoqda.

Ўзбекистон МХХсига алоқадорликда гумонланган мухолифатчи очликни давом эттирмоқда
илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:04 0:00
Бевосита линк

5 fevral kuni muxolifatchilarning 20ga yaqin tarafdorlari ochlik e’lon qilgan mahbuslarning ahvoli haqida ma’lumot berishni talab qilib piketga chiqdi. Ularga ko‘ra, muxoliftchilarning huquqlari qamoqxonada qo‘pol tarzda buzilmoqda.

-Advokatning bildirishicha, 4 fevralga o‘tar kechasi Bektur Asanov hushidan ketgan va uning ahvoli hozir ham og‘irligicha qolmoqda. 47-qamoqxonaning bosh shifokori esa Kubanichbek Kadirovning qon bosimi ko‘tarilib ketgani va u infarkt arafasida ekanini aytdi, -dedi Bishkekdagi siyosiy mahbuslar huquqini himoya qilish jamoat tashkiloti raisi Sapar Arginbaev.

Biroq Jazoni o‘tash bosh boshqarmasi rasmiysi Aleksandr Niksdorf piketchilar bilan uchrashib, ochlik e’lon qilgan muxolifatchilarga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilayotganini hamda ularning ahvoli qoniqarli darajada ekanini ma’lum qildi.

-Bu uch mahbusning ahvoli qoniqarli darajada. Ular boshlari aylanayotganidan shikoyat qilishgan. Shifokorlarimiz ularni muayyan darajada davolayapti. Shuning uchun ularning ahvoli yaxshi, -dedi Aleksandr Niksdorf.

O‘zlariga nisbatan jinoyat ishi sohtalashtirilganini aytib kelayotgan qirg‘iz muxolifatining taniqli namoyondalari bo‘lgan Bektur Asanov, Kubanichbek Kadirov va Ernest Karibekov Milliy xavfsizlik xizmatining raisi Adil Segizbaev iste’fosini talab qilib 30 yanvarda ochlik e’lon qilishlarini bildirgan edilar.

Bishkek shahar Birinchi May tuman sudi 2017 yilning 17 aprelida Ernest Karibekovni 20 yilga, Kubanichbek Kadirov va Bektur Asanovni 12 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.

Ayni paytda ularning appelyatsiya arizasi Bishkek shahar sudida ko‘rib chiqilmoqda. Biroq ularga nisbatan sud jarayoni yopiq eshiklar ortida o‘tkazilmoqda.

2016 yilning 27 martida Qirg‘iziston Birinchi jamoatchilik milliy telekanaliXalq qurultoyi” harakati yetakchisi Ernest Karibekov O‘zbekiston davlat maxfiy xizmatlari bilan hamkorlik qilganini isbotlovchi audiomateriallar Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan e’lon qilingani to‘g‘risidagi lavhani namoyish etgan edi.

16 daqiqali lavhada Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi hibsxonasida saqlanayotgan muxolifatchi Ernest Karibekov O‘zbekiston MXX ga aloqasi bo‘lgan Farxod Parpiev bilan uchrashib turgani, Ernest Karibekovning so‘nggi paytlarda Toshkentga tez-tez safar qilishi Qirg‘iziston maxsus xizmatlarida shubha uyg‘otgani va Farxod Parpiev jinoyat olamida Salimboyvochcha nomi bilan tanilgan Salimboy Abduvalievning ishongan odamlaridan biri ekani iddao qilingan edi.

2017 yilda Qirg‘iziston muxolifatining qator taniqli liderlari turli ayblovlar bilan qamoqqa olindi.

Ular orasida o‘sha paytda prezident bo‘lgan Almazbek Atambaevni korrupsiyada ayblaganidan so‘ng korrupsiyada ayblanib qamoqqa olingan eng nufuzli siyosatchilardan biri hisoblangan O‘murbek Tekebaev va muxolifatchi Duyshenkul Cho‘to‘nov ham bor.

O‘tgan yilning noyabrь oyida Qirg‘iziston Oliy sudi bu ikki siyosatchini 8 yilga ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risida hukm chiqargan.

XS
SM
MD
LG