Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:36

Rossiya yana bir qidiruvdagi o‘zbekni O‘zbekistonga berib yubordi


Nurali Orzievning "orientirovkasi"dan olingan fotosurat
Nurali Orzievning "orientirovkasi"dan olingan fotosurat

Qashqadaryolik 29 yashar Nurali Orziev Strasburgdagi Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi qarori borligiga qaramasdan Rossiya hukumati tomonidan O‘zbekistonga ektraditsiya qilindi. O‘zbekistonda “diniy tashkilot tuzib, konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishda” ayblanayotgan bu o‘zbek muhojiri 2013 yildan buyon Qashqadaryo Ichki ishlab boshqarmasining tergov bo‘limi tomonidan xalqaro qidiruvga berilgani ma’lum.

Rossiya hukumati navbatdagi o‘zbek qochqinini O‘zbekistonga berib yubordi.

O‘tgan yilning dekabr boshlaridan buyon Sankt-Peterburgdagi Xorij vatandoshlarini vaqtinchalik saqlash markazida (SUVSIG) migratsiya qoidalarini buzgani uchun ushlab turilgan 1989 yilda Qashqadaryoda tug‘ilgan Nurali Orziev shu yilning yanvar oxirlarida O‘zbekistonga berib yuborildi.

Bu haqda Ozodlikka xabar bergan Orzievning Peterburgdagi yaqin do‘sti Alina Nurali allaqachon Qarshi tergov izolyatorida ekani to‘g‘risida tasdiqlovchi xabar yetib kelganini bildirdi:

- U yerda telefonlari bor. 25 yanvar kuni u oxirgi marotaba bizlar bilan aloqaga chiqqan edi. U kasal ekanini aytgandi – belidagi asab tomirini qisib olgan ekan, shifokorlar unga ukol qilayotgan ekan tinimsiz. U bilan birga yotgan boshqa bollar keyinroq uning ahvoli yomonlashgani va uni izolyator kasalxonasiga olib ketishganini aytishdi.Shundan keyin u bilan aloqa uzildi... 6 fevral kuni biz uni Krasnoe Seloga ko‘rgani borsak, “Ikki hafta oldin uyiga jo‘natib yubordik!”, deyishdi. Uning Qashqadaryodagi amakisi bugun menga xabar berdiki, Nuraliga atalgan kiyim-kechak va oziq ovqatni Qarshi izolyatorida olishibdi, faqat u bilan uchrashishga ruxsat berishmabdi, dedi Alina.

Sankt-Peterburg Ichki ishlar boshqarmasi o‘zbekistonlik qochqin Nurali Orzievning O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingani to‘g‘risida uning yaqinlariga biror hujjat taqdim etganicha yo‘q.

Nurali Orziev
Nurali Orziev

Orziev himoyasi bilan shug‘ullanib kelayotgan “Yordam” Inson huquqlari himoyasi markazi himoyachisi Zuhro Hamroeva Inson haqlari bo‘yicha Yevropa sudining Nurali Orzievni O‘zbekistonga berib yubormaslik to‘g‘risida 39 Qoidasini qo‘llagani to‘g‘risida qarori borligiga qaramasdan noqonuniy ekstraditsiya qilishganini bildirdi.

“Ular Rossiya qonunlarini ham buzgan holda Orzievni mamlakatdan chiqarib yuborishdi!”, deya davom etadi himoyachi.

- O‘tgan yilning dekabr oyida u “migratsiya qonunchiligini buzganlikda” ayblanib, O‘zbekistonga chiqarib yuborilishi uchun SUVSIGga joylashtirildi. Biz Vasileostrovskiy sudining bu qarori ustidan shikoyat yozdik, undan avval esa Strasburg sudiga unga qo‘yilgan ayblovlar soxtaligi tufayli berib yubormaslik uchun 39 Qoidani qo‘llashni so‘rab, murojaat qildik. 2018 yilning 19 yanvarida Yevropa sudi Orziev Nuralini O‘zbekistonga berib yubormaslik to‘g‘risida o‘z qarorini chiqardi. Qizig‘i, 23 yanvar kuni Peterburg shahar sudi “Orzievning arzi noma’lum shaxslar tomonidan berilgani” bahonasi bilan ko‘rib chiqishdan bosh tortdi. Yana bir necha kundan keyin – 26-27 yanvar kunlari Nurali pinhona O‘zbekistonga berib yuborildi, dedi himoyachi Zuhro Haroeva.

Nurali Orzievning hibsda ekani-emasligi to‘g‘risidagi Ozodlikning Qarshi shahar Ichki ishlar boshqarmasiga qilgan murojaatiga Orziev qidiruvda ekanini tasdiqlashdi, biroq shundan ortiq ma’lumot berilmasligini bildirishdi.

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan Nurali Orziev 1989 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2013 yilning 29 avgustida Nurali Orziev Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Tergov bo‘limi tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan.

O‘zbek maxfiy xizmatlari o‘zbek muhojirini O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 159 moddasi 3 qismi (O‘zbekiston konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz), 224.1 moddasi 3 qismi (jamoatchilik tartibiga va xavfsizligiga xavf tug‘diradigan materiallarni ishlab chiqarish va tarqatish), 244.2 moddasi 1 qismi (Diniy ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish), 155 soddasi 1 qismi (Terrorchilik) va 223 moddasi 2 qismi (Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish) asosida javobgarlikka tortayotgani ma’lum bo‘ldi.

2017 yilning 10 noyabrida Peterburgning Vasileostrovskiy tuman sudi Nuralini xalqaro qidiruv asosida hibsga olgan, biroq qamoqdan chiqarmasdan turib, uni “migratsiya qonunchiligini buzgani” vaji bilan deportatsiya markaziga yuborganini bildirishdi uning himoyachilari.

Orzievning yaqinlari va himoyachilari o‘zbek qochqini Qashqadaryoda o‘ziga nisbatan jinoiy ish soxtalashtirilganini iddao qilib kelganini bildirishdi.

Oxirgi yillarda Nurali Sankt-Peterburgda savdo do‘konida boshqaruvchi bo‘lib ishlab kelgani ma’lum.

“Yordam” Inson huquqlari markazi Rossiya Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev nomiga va Rossiya Bosh prokuraturasiga Nurali Orzievning O‘zbekistonga noqonuniy berib yuborilishi masalasida tushuntirish berish talabi bilan maxsus murojaatnoma yo‘lladi.

XS
SM
MD
LG