Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:23

Ijtimoiy tarmoqdagi norozilik Dima Qayumning “xalq kutubxonasi”ni asrab qoldi (VIDEO)


Bozor ichida kutubxona ochgan rishtonlik Dima Qayum va Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa’dullaev
Bozor ichida kutubxona ochgan rishtonlik Dima Qayum va Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa’dullaev

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidan bo‘lgan taniqli bloger va tadbirkor Dima Qayum(Dilshod Boltaboev)ning bozor ichkarisida xayriya mablag‘lari hisobiga qurgan “Xalq kutubxonasi” binosi buzilishdan asrab qolindi.

Rishton tumanining avvalgi hokimi qurilishiga ijozat bergan bu kutubxona, hokim almashishi bilan tuman arxitektori tomonidan buzilishi aytilgan va bu talab ijtimoiy tarmoqlarda katta norozilikka sabab bo‘lgan edi.

Печкачи Дима Қаюм кутубхонаси бузилмайдиган бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:56 0:00

Rishton bozorida qishda pechka, yozda banka sotish bilan shug‘ullanadigan Dilshod Boltaboev - Dima Qayum ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining hazil-askiyalari, tesha tegmagan gaplari bilan tanilgan.

O‘tgan yili kitobxonlarga bozorda avval oddiy javon o‘rnatib, tekin kitob ulashgan tadbirkorga respublikaning turli viloyatlaridan xilma-xil kitoblar sovg‘a qilindi.

Dima Qayumning aytishicha, bozordagi o‘z hisobidagi yerda xayriya mablag‘lari evaziga "xalq kutubxonasi" qurishga Rishton tumanining avvalgi hokimi G‘ayrat Mamadalievning og‘zaki ruxsatini olgan va bundan tuman bosh arxitektori ham yaxshi xabardor bo‘lgan.

Shundan so‘ng, Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida yuzlab odamlar Dima Qayumning bu tashabbusini qo‘llab, kutubxona uchun pul mablag‘lari va kitob yetkazib berishga kirishgan edi.

Dima Qayum qisqa muddatda bozor ichkarisida mo‘’jazgina va shinam kutubxonani qurib bitkazdi va o‘tgan hafta uning ochilish marosimi bo‘lgan edi.

Dima Qayumning aytishicha, har kuni o‘nlab odamlar kutubxonadan kitob olib ketishgan va o‘qib bo‘lganidan so‘ng qaytarishgan.

Ammo, yaqinda tumanga boshqa hokim tayinlanganidan so‘ng, tuman bosh arxitektori o‘t o‘chiruvchilar bilan kelib, bu kutubxona noqonuniy qurilgani va uni buzmoqchi ekanliklarini aytgan.

Dima Qayum shundan so‘ng prezident Shavkat Mirziyoevga ochiq murojaat yo‘llab, xalqning ma’naviy oshyoni bo‘lgan kutubxonani buzilishdan asrab qolishini so‘ragan edi

9 yanvar kuni Ozodlik bilan suhbatlashgan Dilshod Boltaboevning aytishicha, ziyoli odamlar o‘rtaga tushib, bu voqeani Farg‘ona viloyati hokimiga yetkazgan va u kutubxona buzilmasligini va kerakli hujjatlar taxlab berilishini aytgan.

Dima Qayum - Dilshod Boltaboev bilan bu haqdagi suhbatni quyida tinglang.

Ижтимоий тармоқдаги норозилик Дима Қаюмнинг “халқ кутубхонаси”ни асраб қолди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:23 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG