Линклар

Шошилинч хабар
23 январ 2021, Тошкент вақти: 23:07

Aviahalokat qurbonlari yaqinlariga 4 mln rubldan beriladi


An-148 samolyoti Moskva yaqinidagi Ramensk tuman hududiga 11 fevralda quladi

"Saratovskie avialinii" aviakompaniyasining Moskva viloyatida halokatga uchragan An-148 samolyotining barcha yo‘lovchilari 2 million rubldanga sug‘urta qilingan edi. Bu haqda Rossiya mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Maksim Topilin bayonot berdi.

"Bu standart sug‘urta: 2 million rubl plyus sug‘urta to‘lovi va dafn uchun 25 ming rubl", – dedi Topilin.

Prezidentning Volga bo‘yi federal okrugdagi vakili Mixail Babichning bayonot berishicha, halok bo‘lganlarning qarindoshlariga sug‘urta to‘lovlaridan tashqari qo‘shimcha ravishda Orenburg viloyati byudjeti hisobidan 1 mln rubldan ajratiladi. Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyev ham viloyat byudjetidan 1 million rubldan ajratishga va’da berdi.

11 fevral kuni "Saratov avialiniyasi"ga tegishli samolyot Moskvaning “Domodedovo” aeroportidan havoga ko‘tarilganidan bir necha daqiqa o‘tib radar ekranlaridan yo‘qolib qoldi. Samolyot Moskva yaqinidagi Ramensk tumaniga qulab tushdi.

Samolyotbortida 71 kishi, ular orasida ikki nafar xorijlik - Shveytsariya va Ozarbayjon fuqarolari bor edi. Halok bo‘lganlarning uch nafari bolalar edi.

Dushanba kuni Orenburg viloyatida Motam kuni deya e’lon qilindi. Tezkor guruh bitta “qora quti”ni topdi, ikkinchisi hozircha topilmadi.

XS
SM
MD
LG