Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:28

"-10 sovuqda tashqarida o‘choqda ovqat qilayotgan ayolimga rahmim keladi"


Xat muallifi jo‘natgan surat.
Xat muallifi jo‘natgan surat.

"Toshkent viloyat, Pskent shahri, F.Boboev ko‘chasi, 24- uydan Qodirov Anvar Ziyoviddinovichman" deb, o‘zini tanishtirishdan boshlagan muallifdan kelgan xat bilan OzodMaktub ruknida tanishing:

***

Bizning uyda har yili gaz yaxshi bo‘lar edi. Bu yil qish boshidan, dekabrdan beri gaz umuman past, ba’zi kunlari butunlay yo‘q, o‘chib qoladi.

Uyda 93 yoshli buvim gaz yo‘qligidan qattiq shamollab yotib qoldilar, o‘zlarini bilmay hech kimni tanimay yotibdilar. Salkam 1 oydan beri to‘shakka mixlanib yotibdilar.

Xat muallifi jo‘natgan surat
Xat muallifi jo‘natgan surat

4 oylik chaqalog‘imiz ham bor. Bechora chaqaloq shunaqa sovuqlarda O‘zbekistonda, Pskentda tug‘ilganidan pushaymon bo‘lsa kerak. Ha, bu chaqaloq o‘zi yemay-ichmay boshqalarga yediradigan o‘zbek xalqi ichida tug‘ildi.

Xat muallifi jo‘natgan surat
Xat muallifi jo‘natgan surat

Hammaga gazimiz kam, yo‘q deydi-da, lekin Xitoy, Rossiya, Qozog‘istonga gaz sotadi. Xalqni ahmoq deb o‘ylashadimi bular!?

Qahraton -10, -9 gradus sovuqda tashqarida o‘tinda o‘choqda ovqat qilayotgan ayolimga qarab rahmim keladi. 21- asrda poytaxt viloyatida oliy ma’lumotli pedagog ayol sovuqda o‘choqda ovqat qilsa?!

Nima, xamma Toshkentga ko‘chib yashashi kerakmi, endi?

Yoki Toshkentdagilar odamu, boshqa yoqdagilar qulmi, indamay yashayveradimi?

Virtual qabulxona - PORTAL prezident saylovi o‘tguncha juda yaxshi ishladi. O‘tgan yili portalga murojaat etganimda gazdan muammo hal bo‘lgandi. Bu yil portalga 4-5 marta murojaat etdik, foydasi bo‘lmadi.

Yuqoridan gaz kam, foydasi yo‘q deyishdi "Tumangaz"dagilar. Lekin Parkent, O‘rta-chirchiq, Yuqori-chirchiq, Zangiota tumanlarida yashovchi xamkasblarim ularda gaz me’yordan ortiq ekani, o‘zlari chidolmay gazni pasaytirib qo‘yishlarini aytishdi. Yoki Pskent tumani odamlari xech kimga kerakmasmi?

4 - 5 yanvarlarda Prezident Toshkent viloyatiga chiqqanda 3-4kun uyimizda gaz juda yaxshi bo‘b qolgandi. Keyin yana eski xoliga qaytdi. Prezident qish tugaguncha Pskentga kelib yashab tursa bo‘larkanda, bahonada biz isinib olardik.

Iltimos, bizga gaz bosimini ko‘tarishda amaliy yordam bersangizlar. Biz ham eson-omon qishdan chiqib olaylik.

***

Eslatma​: OzodMaktub rukni ostida chop etiladigan fikrlar muallifning shaxsiy qarashlari ifodasidir. Ozodlik bu mulohazalar uchun mas’ul emas.

XS
SM
MD
LG