Линклар

Шошилинч хабар
26 январ 2021, Тошкент вақти: 01:36

O‘zbekistonlik qochqin Yevropa davlatlaridan birida boshpana oldi (VIDEO)


Bahodir va Tatyana

Rossiyada siyosiy qochqin maqomini ololmagan o‘zbekistonlik Bahodir Karimov Yevropa davlatlaridan birida boshpana topdi. Shu kunlarda u o‘z rafiqasi bilan xalqaro tashkilotlar va Yevropa davlatlaridan birining elchixonasi ko‘magida Rossiyadan chiqib ketdi. Bahodir Karimov o‘zining yaqin rejalari to‘g‘risida Ozodlikka so‘zlab berdi.

Joriy yilning fevral boshlarida ancha yillardan buyon Rossiyada na siyosiy boshpana, na Rossiya grajdanligini ololgan va O‘zbekiston hukumati so‘rovi bilan ekstraditsiya xavfi ostiga bo‘lgan qochqin 34 yashar farg‘onalik Bahodir Karimov nihoyat Yevropa davlatlaridan biriga chiqib ketdi.

“Biz Yevropadamiz!!! Ura!!! O‘zbek totalitar tuzumi iskanjasidan qutulishga muvaffaq bo‘ldik. Biz ozodmiz!” deb yozdi feysbuk sahifasida o‘zbekistonlik qochqin Bahodir Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova.

Telefon orqali Ozodlik bilan suhbatda Bahodir Karimov Rossiyadan chiqib keta olishiga o‘zining ham ishonchi qolmagan paytda ijobiy javob olganini so‘zladi:

- Biz Svetlana Gannushkina va BMTning Qochqinlar komissariati ko‘magida Rossiyadan chiqib ketdik. 2017 yilning yozida biz bir marotaba Chexiya orqali Ukrainaga chiqib ketmoqchi bo‘lganimiz. 2017 yilning iyunida BMT Qochqinlar komissariati tomonidan rasman qochqin etib qabul qilinganimdan keyin Yevropa davlatlaridan biri menga viza qilib, boshpana berdi. Lekin Rossiya meni chiqarishni istamadi. Yarim yil, olti oy chiqib ketishga Rossiya ruxsatini kutib o‘tirdik, dedi nihoyat bu ruxsatni olib, allaqachon Rossiyani tark etganini gapirgan Bahodir.

O‘zbekistonlik muhojir yigit BMT va Svetlana Gannushkinaning “Grajdanskoe sodeystvie” tashkilotidan tashqari, unga Chexiyada faoliyat yuritayotgan huquq faoli Abdusami Rahmonov, Xalqaro Migratsiya tashkiloti (IOM), huquq faoli Mo‘’tabar Tojiboeva, Rossiya va boshqa mamlakatlarda yashayotgan o‘nlab ko‘ngillilar, “Ozodlik” va Bi-Bi-Si O‘zbek xizmatlariga yordam berishda alohida minnatdorchilik bildirdi.

Bahodir va Tatyana yaqin kelajakka ulkan rejalarni tuzib qo‘yganini ham gapirib berdi.

- Nihoyat katta, “Napoleon rejalari” bilan kelganmiz bu yerga! Tatyana bilan eng birinchi maqsadimiz – qisqa vaqt ichida til o‘rganish,mahalliy jamiyatga integratsiyamizni tezlashtirish, oliy o‘quv yurtida o‘qishimizni davom ettirish. Shu bois, bizning ahvolimizga tushganlarga sabr-toqat bilan oxirigacha kurashishni maslahat beraman, deya yakunladi Bahodir Karimov.

Б.Каримов: Доимо охиригача курашинг!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:53 0:00
Бевосита линк

Ozodlik samaralik Bahodir va Tatyana Karimovalar taqdiriga oid bir qancha maqola va lavhalar chop etgan edi.

Bungacha Rossiyaning Samara shahrida yashab kelayotgan farg‘onalik Bahodir Karimov O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan 2013 yilning oktabrida xalqaro qidiruvga berilgan.

Xavfsizlik idorasi rasmiy so‘rovnomasida Bahodir Yekaterinburg shahrida “Hizb ut-Tahrir” tashkilotini tuzgani”, O‘zbekistonga kelib “maxfiy ravishda diniy yig‘inlar uyushtirib, tashkilotga yangi a’zolar jalb qilgani” (O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 159-1, 244-1 moddalari – tahr.) tushuntirilgan.

Ozodlikka bergan intervyularida u hatto namoz o‘qimasligini bildirgan.

Yarim yil qamoqda o‘tirgan Bahodirning sochlari oqarib ketgan
Yarim yil qamoqda o‘tirgan Bahodirning sochlari oqarib ketgan

2014 yilning iyunida Bahodir Karimov ishga ruxsatnoma rasmiylashtirayotgan paytda FMS xodimlari tomonidan qo‘lga olingan va shu kundan boshlab Samara tergov izolyatorida 7 oyu 10 kun ekstraditsiya tergovi ostida bo‘lgan edi.

Ozodlik 2014 yilning iyulida farg‘onalik bu yigit noqonuniy ablovlarga javoban izolyatorda ochlik e’lon qilgani to‘g‘risida xabar bergan edi.

O‘zbekiston so‘rovi bilan ekstraditsiya tekshiruvidan o‘tgan 35 yashar farg‘onalik Bahodir Karimovga u oxirgi 13 yil yashab kelagan Samarada na qochqinlikka, na vaqtinchalik yashashga ruxsat berildi.

XS
SM
MD
LG