Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 07:33

Eronda samolyot quladi, 66 yo‘lovchining hammasi o‘lgan, deb hisoblanmoqda


Halokatga uchragan bu samolyot Erondagi Aseman Airlines shirkatiga tegishli bo‘lgan
Halokatga uchragan bu samolyot Erondagi Aseman Airlines shirkatiga tegishli bo‘lgan

Bortida 66 yo‘lovchi bilan uchayotgan samolyot Eronning tog‘li hududlarida qulab tushdi. Erondagi Aseman Airlines shirkatiga tegishli bo‘lgan samolyot Tehrondan Yasuj shahriga uchayotgan edi. Eron rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ATR-72 rusumli samolyot Isfaxon viloyati markaziga qulagan va u hududni hozir qor bosgan.

Aseman Airlines shirkati matbuot kotibi Muhammad Tag‘iy Tabatabaiy Eron rasmiy televideniesiga bergan intervyusida yo‘lovchilarning hammasi o‘lgan, deb hisoblanayotganini aytdi.

Uning aytishicha, samolyot dengiz sathidan 440 metr balandlikda bo‘lgan Dena tog‘iga qulagan.

Samolyot borida 60 yo‘lovchi va ekipajning 6 a’zosi bor edi.

Hozircha halokat sabablari noma’lum.

Eron Qizil Yarim tashkiloti hodisa joyiga 12 ta qutqaruv guruhi jo‘natilganini bildirdi.

Hozircha og‘ir ob-havo bois, vertolyotlarni hodisa joyiga yo‘llash qiyin bo‘layotgani aytilmoqda.

Yillar davomida xalqaro sanktsiyalar ostida qolgan Erondagi Aseman Airlines shirkati, asosan, mamlakat ichida yo‘lovchi tashiydi va shu jumladan, xalqaro parvozlarni ham amalga oshiradi.

Ushbu shirkatning aksar samolyotlari eskirgani va sanksiyalar bois, vaqtida modernizatsiya qilinmay qolayotgani aytiladi.

XS
SM
MD
LG