Линклар

Шошилинч хабар
19 декабр 2018, Тошкент вақти: 13:20

"Energetikaning "E"sini bilmaydigan MB ijrochilari xonadonma-xonadon yuribdi"


"Sobiq sud ijrochilari - hozirgi byurochilar energiya tizimi ta’minot qismini butkul egallab bo‘ldi. Energetika sohasining "E" harfini bilmaydiganlar xonadonma-xonadon yuribdi, elektr hisoblagichlarni mutlaqo tushunmaydi", deyiladi Ozodlikka elektr energiyasi ta’minoti korxonasining sobiq xodimidan kelgan maktubdi.

Ismi ko‘rsatilmasligini so‘ragan muallif xatini OzodMaktub ruknida muallifning imlo va stilistikasini saqlab qolgan holda tahrirsiz va qisqartirishsiz e’tiboringizga havola qilishga qaror qildik.

***

Assalomu alaykum. Majburiy ijro byurosi mavzusi ko‘tarilipti. Men ham o‘z fikrimni bildirmoqchiman.

2017 yil 29 maydan buyon elektr va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni undirishga oid qarorlar chiqdi. Bu albatta yaxshi, yillar davomida haqiqatan ham foydalangan kommunal xizmatlari uchun haq to‘lamay yurganlar bor. Lekin ushbu idoraning tashkil bo‘lishiga aynan sud ijrochilarning o‘zi sababchi emasmi?

Men energiya tizimining sobiq ishchisiman. Hozirda bu tizimda bo‘layotgan voqealardan bezor bo‘lib, har bir davlat tizimida ish yuritayotgan xodimlarning yuklatilgan vazifasini o‘z vaqtida bajarmaganligi ortidan vujudga kelayotgan adolatsizliklarni ko‘rib, tizimdan butkul chiqib ketishga qaror qildim.

Oxirgi misol: bir viloyatga mutaxassis sifatida prokuratura tomonidan chaqirtirilgan edim. Joyga chiqib vaziyatni o‘rganish vaqtida shunday holatga ro‘para keldimki, energiya ta’minoti korxonasi vakillari Vazirlar Mahkamasining 22.08.2009 yildagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida energiya iste’molchilarini energiyadan foydalanish holatlarini nazorat qilib borgan.

Ish davomida korxona vakillari tomonidan ma’lum punktlarida qayd etilgan qoida buzilish holatlari aniqlanib¸ qoida buzilish dalolatnomalari 2011-2017 yillar davomida rasmiylashtirilib kelingan.

Ushbu dalolatnomalarni o‘rnatilgan tartibda 123- nizomga asosan qayta hisob-kitob qilib borilgan. Yetkazilgan zararni ba’zi iste’molchilar ixtiyoriy to‘lagan¸ ba’zilari bosh tortgan. Bularga zararni majburiy undirish uchun ta’minot korxonasi tomonidan muntazam ravishda xo‘jalik va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da’vo arizalari kiritilib, qarzni majburiy undirish uchun qarorlarini ushbu tuman sud ijrochilariga taqdim etib borilgan. Ular tomonidan qo‘l qo‘yib olinganligini isbotlovchi hujjatlar xam mavjud.

Bugungi kunga kelib ushbu sud ijrochilarining aksariyati prokuratura xodimiga aylanib qoldi. Endi esa u byurochilar o‘z ishini 2011-2017 yillar davomida o‘sha vaqtni o‘zidaëq qilmagani sababli, real qarzdorlikni mavjud sud qarorlariga asoslanib undirmaganligi sababli kommunal sohada¸ xususan energetika tizimining debitor qarzdorligini undirmagan. Berilgan o‘z vakolati doirasida hech qanday ish olib bormaganligi aniq.

Endi esa sobiq sud ijrochilari - hozirgi byurochilar energiya tizimi ta’minot qismini butkul egallab bo‘ldi. Energetika sohasining E harfini bilmaydiganlar xonadonma xonadon yuribdi, elektr hisoblagichlarni mutlaqo tushunmaydi.

Tuman byuro xodimi tomonidan tuman prokuroriga kiritgan bildirishda izohlanishicha¸ ta’minot xodimlari tuzilgan dalolatnomalar bo‘yicha umuman ishlamagan, qayta hisob-kitoblarini bajarmasdan tumanning energiya ta’minotining debitor qarzdorligini sun’iy ravishda oshirib, qarzdorlik yuzasidan undirish choralarini olib bormaganligini bildirgan.

Tuman ta’minot korxonasining mansabdor shaxslariga nisbatan o‘z mansabini suiiste’mol qilganligi va boshqa "dejurniy" moddalar bilan jinoiy ish qo‘zg‘atganiga guvoh bo‘ldim.

Birovni ....ini ochish o‘rniga sen u bilan hamkorlikda hozirgi kun qonun va qoidalariga rioya etib, asoslangan hujjatlar bilan uz vazifalaringni bajarmaysanmi? Xodimlaringni muomala madaniyatiyu xulq atvorini yaxshilagin!

Bundan tashqari uyma-uy yuribdi byurochilar. Qo‘lida terminal kvitansiya. Bir paytlar gazchilar, svetchilargayam yuklab qo‘yilgandi aholidan pul yig‘ib yurishni. Buning orqasidan kvitansiyaning pulini eb qo‘yib nechtasi qamalib ketdi. Byurochilarda bunaqasi yo‘q deb bo‘lmaydi. Hisoblagichlarning ko‘rsatgichlarini olib bazaga kiritish vaqtida qanchadan qancha xatoliklar bo‘ladi. Shaxsan o‘zimning uyimdagi hisoblagichning ko‘rsatgichini katta farq bilan bazaga kiritib meni qarzdor qilib qo‘yishibdi.

Tekshirgani borsam¸ "Hisoblagichingizni rasmga olib keling. Ariza yozing. Ertaga keling bugun baza ishlamayapti. Indinga keling bugun byuro xodimi kelmadi. Byurochilar bazani yopib qo‘ydi. U bo‘ldi¸ bu bo‘ldi" xullas haliyam hal bo‘lmadi.

Shuncha yillik energetik bo‘la turib, har oy oylik maoshimdan to‘lov qilib 2 millionga yaqin haqqim bo‘la turib, qaerdandir kelgan tizimda o‘qimagan byurochi sms sababli qarz ilinib turibdi. Hozirda ariza kiritganman¸ kutyapman. Xat yozishimdan maqsad shuki¸ byurochi undiruvchi. Elektrik yoki gazovik emas. O‘z ishini qilsa maqsadga muvofiq bo‘larmidi?

Eslatma​: OzodMaktub rukni ostida chop etiladigan fikrlar muallifning shaxsiy qarashlari ifodasidir. Ozodlik bu mulohazalar uchun mas’ul emas.​

XS
SM
MD
LG