Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:31

Tojikistonda Internet davlat monopoliyasiga olindi


“Tojiktelekom” davlat Internet-provayderi endilikda mamlakatdagi provayder va aloqa kompaniyalarga yagona Internet-trafik sotuvchisi bo‘ladi. Avvallari provayderlarning o‘zlari Internetni qaerdan – Qirg‘iziston, O‘zbekiston yoki Xitoydanmi - sotib olishni o‘zlari hal qilishardi. Endilikda bu narsa taqiqlandi.

Davlatga tegishli Internet-provayder rahbariyatining fikricha, bu yerda qonunlar buzilmaydi, balki hukumatning “Yagona kommutatsiya aloqa markazi" (YaKAM) ni tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarori asosida faoliyat yuritilmoqda.

Tojikiston rasmiylari terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish va milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida 2016 yil boshlarida YaKAM tashkil etishga qaror qilgan edi.

Тожикистонда Интернет давлат монополиясига олинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:53 0:00

Markaz tashkil qilinishi uchun byudjetdan 50 mln dollar ajratildi va hukumat va maxsus xizmatlarga mamlakatdagi barcha aloqa xizmatlari ustidan cheklanmagan miqdorda nazorat o‘tkazish imkoniyatini berdi. Endilikda maxsus xizmatlar barcha suhbatlarni eshitishlari, internet-trafiklarni nazorat qilish va kuzatish hamda o‘z xohishlariga ko‘ra, alohida olingan foydalanuvchi va kompaniyalarni o‘chirib qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Biroq avval provayderlar trafiklarni “Tojiktelekom”dan tashqari sotib olmasliklari borasida so‘z yo‘q edi. Tojik provayderlari va mobil aloqa kompaniyalari vaziyatni izohlashdan o‘zlarni olib qochishmoqda. Ular, o‘zlari fakt bilan tanishtirilganlarini, endilikda hech narsani o‘zgartirib bo‘lmasliklarini aytishmoqda.

Biroq Tojikiston mobil kompaniyalari rahbariyati bu qarorning qonuniyligini tekshirish masalasida Bosh prokuraturaga murojaat qilishdi. Ularning fikricha, Yagona kommutatsiya markazi trafiklarni muvofiqlashtirish va nazorat qilib turish uchun kerak. Bu JST a’zosi bo‘lgan mamlakat Internetni monopoliya qilish huquqini anglatmaydi.

"Chegara bilmas reporterlar" Tojikistonni “qizil hududga” – ya’ni matbuot erkinligi va Internet sohasidagi vaziyat qoniqarsiz bo‘lgan mamlakatlar safiga kiritdi.

XS
SM
MD
LG