Линклар

Шошилинч хабар
11 декабр 2018, Тошкент вақти: 19:17

Olimlar inson hujayralarini qo‘y embrionlari ichida o‘stirishga muvaffaq bo‘ldi


Olimlar inson hujayralarini o‘z ichida jamlagan qo‘y murtaklarini o‘stirishga erishdi. Bu haqda Ilmni ilgari surish bo‘yicha Amerika birlashmasi yig‘inida e’lon qilindi.

Bu haqda theguardian.com nashri xabar qildi. Inson hujayrlarini hayvonlar ichida yetishtirish nafaqat organlarni yetishtirish, balki ularni bemor immun tizimiga moslashtirish imkonini beradi.

Har yili transplantatsiyaga muhtoj yuzlab odam organ yetishmagani uchun halok bo‘ladi. Ayrimlarning tanasi esa donor organini qabul qilmaydi.

Roslin institutining biotexnolog professori Bryus Uaytlo odam organlarini hayvon tanasida o‘stirish uchun hali ko‘p ish qilinishi kerakligini, ammo so‘nggi yutuqlar to‘g‘ri yo‘nalishda tashlangan muhim qadam ekanligini aytdi.

Olimlar bir hayvon organlarini boshqa hayvon tanasida o‘stirish bo‘yicha ko‘p izlanish o‘tkazgan. Jumladan, sichqon tanasida kalamush oshqozon osti bezi muvaffaqiyatli o‘stirilgan.

Avvalroq cho‘chqalarda ham inson hujayralari o‘stirilgan edi. Cho‘chqa embioriniga inson hujayralari kiritilgach, undagi 100 ming hujayraning bittasi inson hujayrasi bo‘lgani kuzatilgan.

Qo‘ylarda esa bu ko‘rsatkich yanada yuqori bo‘ldi. Kaliforniya universiteti xodimi, doktor Pablo Ross:

- Qo‘y embrionlaridagi 10 ming hujayraning taqriban bittasi odamnikidir, - dedi.

Olimlar cho‘chqa va qo‘y embrionlari genlarini tahrir qilish yo‘li bilan oshqozon osti bezisiz o‘stirishga muvaffaq bo‘lishgan. Bunday qilishdan maqsad embrionlarga inson hujayralarini kiritib, yo‘q organ o‘rnini inson organi bilan to‘ldirishdir.

XS
SM
MD
LG