Линклар

Шошилинч хабар
25 июн 2018, Тошкент вақти: 01:39

Andijon viloyat, Shahrixon tuman tibbiyot birlashmasi kadrlar bo‘limining 55 yashar xodimi Zulhumor Rustamova 20 fevral kuni o‘z uyida osilgan holda topildi.

Shahrixon tuman ichki ishlar bo‘limidan Ozodlik olgan ma’lumotga qaraganda¸ tuman markazida istiqomat qilgan Rustamovaning jasadi tibbiy ekspertizadan o‘tkazilib yaqinlariga qaytarilgan, Rustamovaning ishi bilan prokuratura shug‘ullanmoqda:

- Vos-vos kasal bo‘lib, o‘z joniga qasd qildimi yoki boshqa sababmi - biz ayta olmaymiz. Militsiya xodimi sifatida biz voqeani o‘rgandik¸ bayonnoma tuzdik va ishni prokuraturaga topshirdik¸ dedi Shahrixon tuman IIB vakili Ozodlikka.

Ozodlik bilan suhbatlashgan Rustamovaning yaqinlaridan birining iddaosiga ko‘ra¸ marhum o‘z istagiga zid tarzda pensiyaga chiqarilganidan norozi bo‘lgan va tushkunlikka tushib, o‘z joniga qasd qilgan.

Ozodlik 21 fevral kuni suhbatlashgan prokuratura hodimi esa¸ voqea yuzasidan hulosa chiqarishga shoshilmaslik kerak dedi:

- Bu ish yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 103 - (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazish) moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etyapti, boshqa hech narsa ayta olmayman”, dedi prokuratura mulozimi.

Ozodlik bu yuzadan Shaxrixon tuman tibbiyot birlashmasiga qo‘ng‘iroq qildi. O‘zini tanishtirmagan hodim¸ Rustamovaning o‘z joniga qasd qilmasdan oldin pensiyaga chiqarilganligini tasdiqladi. Xodimning aytishicha¸ Rustamova peensiyaga ketishni istamasligini tibbiyot birlashmasi Bosh vrachi Shuhrat Aminjonovichaga hammaniing oldida aytgan. Xodimning yana aytishicha¸ Bosh vrach birlashmaga ajratilgan byudjet cheklanganini aytib Rustamovani pensiyaga chiqarish haqidagi hujjatga imzo qo‘ygan.

21 fevral kuni dafn qilingan Rustamovaning pensiyaga chiqqanidan noroziligi uning o‘z joniga qasd qilishiga sabab bo‘lganini tasdiqlovchi biror bir isbot yoki hujjat Ozodlikda mavjud emas.

Byudjet tashkilotida ishlaydigan va yoshi 55 ga to‘lganlarning o‘z istagiga zid tarzda pensiyaga chiqarilayotgani haqida Ozodlikka bir necha shikoyat tushgan.

Toshkent shahar, Mirobod tuman Ko‘zi ojizlar jamiyatidagi korxonada ishlayotgan 55 yoshlik Mavluda Mamatxo‘jaevaning Ozodlikka aytishicha¸ uni “55ga chiqding. Endi pensiyaga ketgin” deb majburlashgan.

O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, erkaklar 60, ayollar 55 yoshida pensiyaga chiqishi mumkin.

Prezident Mirziyoev 9 noyabr kuni Samarqand viloyat Xalq deputatlari kengashida qilgan chiqishida dolzarb muammolar qatorida ayollar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish darajasining yuqoriligicha qolayotganini tilga olgan edi.

Samarqandni misol qilar ekan, “Bu ko‘rsatkich 145 tani tashkil etadi”¸ degan edi prezident. Lekin bu raqamning qaysi davrga oid ekanini ham¸ aëllarni o‘zini o‘ldirishga majburlayotgan omillarni ham aniqlashtirmagan edi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti​ga ko‘ra, 2010 yilda har 100 ming o‘zbekistonlikdan 7 nafari o‘z joniga qasd qilgan bo‘lsa¸ 2016 yilga kelib¸ bu nisbat har yuz mingdan 9,2 ni tashkil qilgan.​

XS
SM
MD
LG