Линклар

Шошилинч хабар
23 декабр 2025, Тошкент вақти: 07:12

Andijonda xiyonat yo‘liga kirgan ayol eri tomonidan o‘ldirildi


Andijonda xiyonat yo‘liga kirgan ayol eri tomonidan o‘ldirildi

Andijon viloyatida xiyonat yo‘liga kirgan ayol eri tomonidan chavaqlab o‘ldirildi (“Huquq”, 22 fevral).

Bu haqda viloyat prokuraturasi vakili Saydullo Elmurodov ma’lum qilgan. Ismi oshkor etilmagan, notarius idorasida ishlovchi ayol eri Rossiyaga ishga ketgan vaqtlarda bankir tanishi bilan don olishib yurgan.

Er Rossiyadan qaytganidan keyin yaqinlari xotini unga xiyonat qilgani haqida xabar bergan. Xiyonatkorni o‘zi jazolashga ahd qilgan er xotinini ikki farzandi va qaynonasi ko‘z o‘ngida pichoqlab o‘ldirgan. Qotil er 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Qayd etilishicha, ikki norasida farzand ham ona, ham ota mehridan mosuvo bo‘lgan. Jinoiy ishga oid boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.

“O‘zstandart” bozorlarda “Halol” standarti yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazishga va’da berdi

“O‘zstandart” agentligi mamlakat bozorlarida “Halol” standartiga nechog‘li rioya etilayotgani yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazishga va’da berdi (“Oila davrasida”, 22 fevral).

Agentlik bosh direktori o‘rinbosari Jasur Shukurovga ko‘ra, ayni paytda “O‘zstandart” bozorlarda oziq-ovqat bo‘yicha nazorat xaridi o‘tkazish uchun hukumatdan vakolat olish arafasida turibdi. Mazkur vakolat berilishi bilan

“Halol” standarti bo‘yicha nazorat kuchaytiriladi. Agentligi rasmiysiga ko‘ra, O‘zbekistonda ayni paytda “Halol” standartidagi mahsulotlarga talab o‘sib bormoqda. Ushbu standartni chuqur o‘rganish uchun O‘zbekistonga Turkiyadan mutaxassislar ham taklif etilgan.

Farg‘onalik daroz militsioner Ginness rekordlar kitobiga kirishga da’vogar

Farg‘ona viloyati IIB patrul-post xizmatida faoliyat yuritayotgan Sherzod Sirojiddinov bo‘yi uzunligi bo‘yicha “Ginness rekordlar kitobi”ga kirishga da’vogar, deb yozadi “Darakchi” nashri.

Uning bo‘yi 2 metr 20 sm, vazni 137 kg. Sh.Sirojiddinov “O‘rgimchak to‘ri” filmida rol ham ijro etgan.

“Hamma avtomobillarga ham sig‘avermayman. “Matiz”, “Spark”, “Neksiya”larga sig‘mayman, “Kobalt”, “Lasetti” rusumli avtomashinalar oz-moz to‘g‘ri keladi. O‘zim avtomobil boshqarmayman. Yana bir “bosh og‘riq”li noqulayligi shuki, gavdamga mos kiyim topilavermaydi. Kiyim uchun bozorga bormayman, chunki foydasi yo‘q. Faqat buyurtma berib tiktiraman” deya darozlikning ayrim noqulay jihatlarini aytib o‘tgan militsioner Sh.Sirojiddinov.

XS
SM
MD
LG