Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:11

Farhod Inog‘omboev:O‘zbekiston ham yevrobond chiqarishni kamida $500 milliondan boshlashi kerak!


Farhod Inag‘omboev
Farhod Inag‘omboev

AQShdagi moliyaviy yangiliklarni yorituvchi Bloomberg agentligi muxbiri bilan suhbatda O‘zbekiston Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov¸ joriy yil davomida Toshkent hukumatining 300 million dollargacha qiymatdagi yevrobondni sotuvga chiqarishni rejalayotganini bildirdi.

Qo‘chqorovning agentlikka aytishicha¸ mamlakatni xorij investitsiyasiga ochish maqsadida Toshkent hukumati AQShdagi Citigroup Inc. bilan O‘zbekistonning mustaqil kredit reytingini belgilash bo‘yicha memorandum imzolagan.

Nyu-Yorkdagi Oppenheimer sarmoya bankining rivojlanayotgan bozorlar bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Farhod Inag‘omboev¸ bu jarayonning boshlanganini O‘zbekistonni jahon moliya tizimiga qo‘shish yo‘nalishida qo‘yilgan juda muhim qadam deb baholadi.

O‘tgan yili Tojikiston hukumatining yarim milliard dollarlik yevrobondni sotuvga chiqarish jarayonida bevosita qatnashgan o‘zbekistonlik moliyachi¸ O‘zbekiston hukumati uchun ham¸ sarmoyadorlarga jozibasini kuchaytirish va protsent stavkasini arzonlashtirish uchun bu qadamni kamida 500 million dollardan boshlashni tavsiya etdi.

Фарҳод Иноғомбоев:Ўзбекистон ҳам евробонд чиқаришни камида $500 миллиондан бошлаши керак!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:00 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG