Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:55

Tojikistonda xotin-qizlar nima kiyishi va qanday kiyinishi tavsiya qilindi


Tojikiston Respublikasi Madaniyat vazirligida "Ayollar uchun tavsiya etilgan milliy liboslar", degan hujjat tayyorlanib, tasdiq uchun Tojikiston hukumatiga yuborildi.

Davlatga qarashli “Xovar” axborot agentligi 26 fevral kuni ayollarning davlat idoralari, rasmiy marosimlar va ko'chada kiyishlari tavsiya etilgan milliy liboslar haqida ma’lumot berib, bu liboslar suratini chop etdi.

Namunalarni tayyorlash chog‘ida ayollarning yoshi va yilning to‘rt faslida foydalanishlari hisobga olingani bildirildi

“Xovar”ga ko‘ra, mazkur tashabbusdan “milliy qadriyatlarni e’zozlash va milliy liboslarni targ‘ib qilish” maqsadi ko‘zlangan.

“Ayollar uchun tavsiya etilgan milliy liboslar” haqidagi hujjatda, ayollarga davlat idoralarida milliy an’analar asosida tikilgan Yevropa usulidagi liboslarni kiyish tavsiya etilgan.

Jumladan, ayollar davlat idoralarida yubka kiyishi zarurligi ko‘rsatilgan. Ammo marosim va jamoat joylarida ayollar milliy ko‘ylak va lozim bilan yurishlari mumkin.

Mazkur hujjatda Tojikistondagi xalqlar va mintaqalar aholisining urf-odatlari va mintaqalarning o‘ziga xosliklari hisobga olingan.

Madaniyat vaziri Shamsiddin Orumbekzoda joriy oyda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida tojikistonlik erkaklar uchun ham milliy libos namunalari tayyor bo‘layotgani borasida xabar bergandi.

Janob Orumbekzodaga ko‘ra, hozirgi sharoitda tojikistonlik erkaklar faqat uy sharoitida, aza yoki to‘y marosimlarida milliy libos kiyadi.

2014 yili Tojikistonda “Onalar kuni” sifatida nishonlanadigan 8 mart bayramida faollar bilan uchrashgan prezident Rahmon mamlakat shahar va qishloqlarida “tojik madaniyati hamda an’analariga zid ravishda” qora kiyim kiyib yurgan tojik ayollari paydo bo‘lganidan tashvish bildirgan edi.

Bundan avval ham Tojikistonda "tojikcha an’analar va qadriyatlarni "targ‘ib qilishga qaratilgan qonunlar qabul qilingan.

Jumladan, qonunlarda islomiy ekstremizm va fundamentalizm ramzi sifatida ko‘rilayotgan ayollarning uzun qora kiyim va hijoblari taqiqlangan edi.

2017 yilda esa Diniy qo‘mita azada qora kiyishni ham taqiqlab¸ tojikistonliklarga motam marosimlarida ota-bobolaridan qolgan ko‘k chopon kiyishni tavsiya qildi.

Oxirgi 5 yil davomida Tojikiston hukumati diniy ekstremizmga qarshi kurashish vaji bilan barcha turdagi diniy faoliyatni o‘z nazorati ostiga oldi: jome masjidlar imomlarini tayinlashdan boshlab, ayollar libosi, erkaklar soqoli, masjid va hajga boruvchilar yoshi ustidan nazoratni kuchaytirdi.

XS
SM
MD
LG