Линклар

Шошилинч хабар
24 сентябр 2018, Тошкент вақти: 13:10

Beruniy hokimi byudjet xodimlarini obunaga majburladi (VIDEO)


Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanidagi ayrim byudjet tashkilotlarida ishlovchilar tuman hokimi bu yil ham ularni davriy nashrlarga obuna bo‘lishga majburlayotgani va oyliklaridan obuna uchun pul ushlab qolinayotgani haqida Ozodlikka shikoyat qildi.

Beruniy tumani hokimligida o‘tkazilgan majlisda hokim Farhod Ermonov tuman hokimligining nashri hisoblangan “Xalq minbari” gazetasi va Beruniy tumani hokimligi hamda “Beruniy avlodlari” jamoat fondi muassisligida nashr etiluvchi “Tamaddun nuri” jurnaliga kamida 1 milliard so‘mdan obuna bo‘lishni shart qilib belgilagan.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:16:11 0:00
Бевосита линк

Shu majlisda qatnashgan byudjet xodimlaridan biri Ozodlikka bu haqda ma’lum qildi.

"Ko‘cha supuruvchilardan tortib o‘qituvchilargacha 200 ming so‘mdan majburiy obuna qilinmoqda", - deydi ismi sir qolishini istagan beruniylik o‘qituvchi.

Tuman hokimligidagi majlisda qatnashganlar hokim Farhod Ermonov "Xalq minbari” gazetasi va “Tamaddun nuri” jurnaliga obuna bo‘lish uchun byudjet tashkilotlariga bosim o‘tkazayotgani aks etgan videoni ham Ozodlikka jo‘natishdi.

Беруний тумани ҳокимлигида обуна масаласи
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:42 0:00

Beruniy tumanida obuna bo‘lishi kerak bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati ham Ozodlikka ixtiyoriga kelib tushdi.

Ro‘yxatda qaysi tashkilot qancha xodimini obuna qildirishi yozilgan.

Beruniy tumanida obuna bo‘lishi kerak bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati.
Beruniy tumanida obuna bo‘lishi kerak bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati.

Ozodlik byudjet xodimlari nega obunaga majburlanishi yuzasidan izoh so‘rab Beruniy tumani hokimi Farhod Ermonovga bog‘landi.

Lekin, janob Ermonov savolni eshitishi bilan telefonni qo‘yib qo‘ydi.

Majburiy obuna o‘zbekistonlik iste’molchilar huquqlari buzilishining bir ko‘rinishidir.

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi xodimi Sherali Turg‘unovning Ozodlikka aytishicha, amaldagi qonunlarga ko‘ra, iste’molchini gazeta-jurnallarga obuna bo‘lishga majburlash mumkin emas:

- Obunaga majburlash qonunga zid. Lekin shu paytgacha biron fuqarodan majburiy obuna yuzasidan shikoyat tushmagan, - dedi Turg‘unov.

O‘zbekistonda ishdan haydalish tahdidlari ostida qolgan byudjet tashkilotlar xodimlari esa sudga murojaat etishga jur’at etolmasliklarini aytishadi.

“Matbuot tarqatuvchi” hissadorlik jamiyatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 ming 200dan ziyod gazeta va jurnal chiqadi.

XS
SM
MD
LG