Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:25

Kvant kompyuteri yaratish sari yana bir qadam tashlandi


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Kvant kompyuterlari hozirgi kundagi kompyuterlardan bir necha o‘n marta tez ishlashi mumkin. Ammo olimlar hali bunday kompyuterni ishlab chiqqani yo‘q. Hozircha ular bunday mashinalar asosi bo‘ladigan texnologiya ustida ishlamoqda.

Joriy haftada tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, Oksford universiteti olimlari bunday kompyuterlarda ishlatiladigan "mantiq darvozalari"ni yanada tezlatishga muvaffaq bo‘lgan.

Oksford xodimlari "zabt etilgan ion" uslubidan foydalangan. Bu amalda ikki zaryadlangan atom "kvant chigalligi" holatida tushiriladi. Ushbu holatda atomlar bir-biridan uzoq bo‘lishiga qaramasdan, bir-biriga o‘zaro ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Zaryadlangan atomlar ma’lumotni kvant bitlari yoki kvabitlar o‘laroq saqlay oladi. Kvabitlarni boshqarish kvant kompyuterlari kelajagi uchun muhimdir.

Oksford tadqiqotchilari avvalroq mazkur texnologiya yordamida "mantiq darvozalari"ni yaratishga muvaffaq bo‘lgan edi. Endilikda ular bunday darvozalar ishini 60 martagacha tezlatishga erishdi.

Izlanishda ishtirok etgan doktorantura talabasi Vera Shafer:

- Biz eng aniq va eng tez darvozani ishlab chiqdik. Hozirda darvozalarimiz, umuman olganda, kvant kompyuterlarida ishlatish mumkin bo‘lgan holatga keldi. Navbatdagi qadam endi buni amalda tatbiq qilish haqida o‘ylab, tizimimizni amalda qo‘llash mumkin bo‘lgan kvant kompyuteri yaratish uchun tayyorlashdir, - dedi.

XS
SM
MD
LG