Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:43

Yunusobod imomi: Turk aktyorlariga oshiq o‘zbek onalaridan geylar tug‘iladi!


O‘tgan yil aprel oyida imomning O‘zbekistonda doyalikni faqat ayollar qilishi kerak, degan taklifi ijtimoiy tarmoqlarda bahsu-munozaraga sabab bo‘lgan edi.
O‘tgan yil aprel oyida imomning O‘zbekistonda doyalikni faqat ayollar qilishi kerak, degan taklifi ijtimoiy tarmoqlarda bahsu-munozaraga sabab bo‘lgan edi.

O‘zbekistonda doyalikni faqat ayollar qilishi kerak, degan taklifi bilan tanilgan Toshkentning Yunusobod tumanidagi "Mirza Yusuf" jome’ masjidi imom-xatibi Rahmatulloh Sayfutdinov 2 mart kungi juma va’zida turk seriallarining millat genofondiga yomon ta’siri haqida gapirgan. Ijtimoiy tarmoqlarda yoyinlangan bu va’zida imom o‘z qavmiga xotinlar jinsiy aloqa paytida eri emas¸ turk seriallaridagi chiroyli erkakni xaëliga keltirsa¸ bunday ayollardan "havo rang (gey) bolalar" tug‘iladi”, degan gapni uqtiradi.

“Ayolning tasavvurida boshqa erkak bo‘lib turganda eri boshqa erkak bilan jimo qilayotgani holatiday bo‘lib qoladi. Bu hissiyot bolalarga uradi. Ana shunday holatda havo rang bolalar tug‘iladi, sababi ayolning tasavvurida boshqa erkak bo‘layapti”, - deya ta’kidlaydi imom o‘z ma’ruzasida.

O‘zbek imomining ushbu bayonoti mamlakat matbuotida turk seriallariga qarshi kampaniya borayotgan bir paytda paydo bo‘ldi.

O‘tgan oy “Sevgi iztiborlari” turk serialining "Zo‘r TV" xususiy telekanlaidagi namoyishi oxiriga yetmasdan to‘xtatilgan edi.

Ommaviy axborot vositalari monitoringi markazi bu serial o‘zbek mentaliteti, milliy an’analar va oilaviy vadriyatlarga zidligi haqida xulosa chiqargan.

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda serialning olib tashlanishiga o‘zlarini "sof islom uchun kurashuvchilar" sifatida taqdim etayotgan diniy faollarning tahdidli chiqishlari asos bo‘lgani yuzasidan bahs yuzaga chiqdi.

Turk seriallari atrofidagi bahsga yangi jihat qo‘shgan imom Rahmatulloh Sayfutdinov o‘z ma’ruzasida ularning endi millat mentalitetini buzishdan ham o‘tib¸ hali onaga qorniga tushmagan homilaning jinsiy orientatsiyasini buzishi haqida gapiradi.

“Turk seriallaridagi chiroyli yigitlarni tasavvur qilayapti ayollar, qizlar. “Tush ko‘ribman, tushimda falonchi aktyorni ko‘ribman”, degan gaplar ijtimoiy tarmoqqa kiring¸ to‘lib yotibdi. Eri bor xotin shularning rasmini olib yuradi, turk seriallaridagi aktyorlarni rasmlarini ko‘tarib yuribdi. Tasavvur qilsa nima bo‘ladi, ana shunday holatda havo rang bolalar tug‘iladi, sababi ayolning tasavvurida boshqa erkak bo‘layapti. U jimo vaqti, to‘shak vaqtida ikki kishi emas, uch kishi jimo qilayotganday bo‘ladi. Xuddi shunday erkaklar ham ayollar bilan jimo qilayotganda bu narsa lesbianka degan balolarni keltirib chiqaradi”, - deydi Rahmatulloh Sayfutdinov.

Ayni paytda o‘zbek imomi masjidi qavmiga so‘nggi haqiqat maqomida taqdim shtaëtgan bunday "kashfiyot"ga qaysi asosda¸ qaysi izlanish yoki tajribadan kelganiga ochiqlik kiritmaydi¸ o‘z manbalarini ham ochiqlamaydi.

Ozodlik ana shu mavhum jihatlarga oydinlik kiritish maqsadida Rahmatulloh Sayfutdinov bilan bog‘lanishga urindi. Uning mobil telefoniga javob bergan imom yordamchisi¸ yonida turgan masjid mutavallisi Rahmatulloh qorining va’zda aytgan gaplariga boshqa qo‘shimcha qiladigan gapi yo‘qligini bildirdi.

- Domla shundan ortiq gap aytolmaydi. Nimaga asoslanib aytadi, buni deb so‘rasangiz, dinni, tarixni yaxshi bilgan odam o‘zi domlaning aytganini tushinib olaveradi, - dedi o‘zini "Mirza Yusuf" masjidining imom-xatibi Rahmatulloh Sayfutdinov yordamchisi deb tanishtirgan suhbatdosh.

Hammaslak imomlar

Toshkentdagi "Do‘mbirobod" jome masjidi imom-xatibi Shermurod Tog‘ay Ozodlik bilan 6 mart kungi suhbatda Rahmatulloh Sayfutdinov aytganlariga qo‘shilishini aytdi.

- Haqiqatan ham eri bilan bo‘ladimi¸ boshqa bilan bo‘ladimi¸ haqiqiy bor muhabbatini eriga, oilasiga qaratish kerakligi haqida hadis bor. Jufti haloli bilan yaqinlik qilganda turli shaytoniy narsalarni o‘ylashlikdan saqlanishlik haqida ham hadis bor, - deydi Shermurod Tog‘ay.

O‘zbekiston Musulmonlari diniy idorasi raisining o‘rinbosari, taniqli ulamo Shayx Abdulaziz Mansur esa Yunusobod imomining ma’ruzasidan xabari yo‘qligini aytdi.

Imomlar o‘zlari bilmagan sohaga burnini suqmasin

Rahmatulloh Sayfutdinovning ayollar boshqa erkakni tasavvur qilib eri bilan jinsiy aloqa qilsa bunday ayollardan "havo rang" bolalar tug‘iladi”, deya aytgan ma’ruzasi ijtimoiy tarmoqlarda munozaraga sabab bo‘ldi.

"Oldin ginekologiya sohasiga burnini suqqan imom endi genetikaga suqayapti", - deb yozdi Facebook tarmog‘ining Farhod Odinaev ismli foydalanuvchisi.

Toshkentdagi xususiy klinikalarning birida ishlovchi genetika bo‘yicha mutaxassis Ozodlik bilan suhbatda imomlarning bu kabi gaplarini ilm¸ xususan¸ genetika zid johillik deya baholadi.

- Imomlar diniy-axloq yuzasidan o‘z bilganini gapiraveradi. Shunaqa gaplar bilan ular¸ go‘yo o‘z vazifasini bajarayapti. Lekin ularning bunaqa va’zlari ilmiy amaliyotga yaqin ham kelmaydi. Unday qilsa bola gey bo‘lib tug‘iladi, bunday qilsa lesbian bo‘ladi, deb gapirish ilmiy mantiqqa mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Imomlar o‘zlari bilmagan sohaga aralashmaganlari¸ birinchi navbatda¸ ularning o‘zlari uchun yaxshiroq bo‘lar edi, - dedi ismini ochiqlashni istamagan toshkentlik genetik vrach.

Yunusobod tuman imom-xatibi Rahmatulloh Sayfutdinov bundan oldin erkaklarning doyalik qilishi "sharmandalik" ekanini aytib¸ O‘zbekistonda doyalikni faqat ayollar qilishi kerak degan da’vat bilan chiqqan va bu taklif ijtimoiy tarmoqlarda bahsu-munozara va e’tirozlarga sabab bo‘lgandi.

Buni ortidan imom matbuotni fitnada ayblab chiqqandi.

XS
SM
MD
LG