Линклар

Шошилинч хабар
24 сентябр 2018, Тошкент вақти: 12:35

Bank tizimni liberallashtirish choralari muhokamaga qo‘yildi


O‘zbekiston Markaziy banki binosi.

Vazirlar Mahkamasining 7 mart kuni normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi saytida e’lon qilingan “Bank xizmatlaridan foydalanish darajasini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida bank tizimini liberallashtirish nazarda tutilmoqda. Mazkur qaror 31 mart kuni kuchga kirishi rejalashtirilgan.

Qaror loyihasida bundan buyon bank xizmatlari foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish Markaziy bankning asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilanmoqda. Bu me’yor Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunga ham kiritilishi kutilayotir.

Qarorning 3-bandida 2018 yilning 1 iyuligacha barcha tijorat banklari barcha mijozlarni hech qanday ruxsatnomasiz va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz bank xizmatlari amalga oshiriladigan bino va zallariga kirishi uchun sharoit yaratishi shart.

Hozirgi kunda amal qilayotgan tartib-qoidaga ko‘ra, mijozlar bankka kirish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatishi yoki belgilangan tartibda ruxsatnoma olishlari talab etiladi.

Bundan tashqari banklar kredit olish uchun berilgan arizalarni ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish jarayoni yuzasidan qadamba qadam shaffof ma’lumot berish majburiyatiga ega bo‘ladi.

Qarorga asosan tijorat banklarining filiallariga Bosh bank ruxsatisiz kredit ajratish vakolati ham beriladi. Bugungi kunda filiallar Bosh bank ruxsatisiz kredit ajratishni ma’qullash bo‘yicha cheklangan vakolatga ega.

Bundan tashqari kredit tashkilotlariga qarzdorlikning yarmi summasidan ko‘p bo‘lgan miqdorda foiz, jarima va penya hisoblash taqiqlanadi. Jismoniy shaxslar va kichik biznes sub’ektlaridan kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqqanlik, ssuda hisob-varaqlarini yuritganlik, kredit ajratganlik kabi yo‘nalishlarda komissiyalar undirilishi to‘xtatiladi

“2018 yil 1 apreldan boshlab xalqaro plastik kartalardan O‘zbekiston hududida naqd valyuta yechish, xususan, konversion kartalar qoldiqlarini valyuta omonatlariga o‘tkazish bo‘yicha cheklovlar bekor qilinadi. Shuningdek, endi konversion kartalarga valyuta olish yoki undagi qoldiqlardan masofadan turib foydalanishning keng imkoniyatlari yaratiladi”, deyiladi qaror loyihasiga berilgan sharhda.

2018 yil 1 noyabrdan boshlab tijorat banklari avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari tizimini yaratadi. Bu maqsadda respublika hududida, qarorga qilingan 1-ilovaga muvofiq, 1054ta bankomat o‘rnatilishi nazarda tutilmoqda.

XS
SM
MD
LG