Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:13

Qiziriqda chaqalog‘ini bo‘g‘ib o‘ldirib¸ ko‘lga tashlab ketgan ayol qidirilmoqda


Surxondaryoning Qiziriq tumanidagi baliqxonaga qarashli ko‘l.
Surxondaryoning Qiziriq tumanidagi baliqxonaga qarashli ko‘l.

Surxondaryoning Qiziriq tumanidagi baliqxonaga qarashli ko‘lda 7 mart kuni yangi tug‘ilgan chaqaloqning jonsiz jasadi topildi. Buning ortidan tuman kollejlaridagi o‘quvchi qizlarni ginekologik tekshiruvdan o‘tkazish boshlangan.

Viloyat ichki ishlar tizimi mulozimining Ozodlikka bildirishicha¸ bu tadbir yangi tuqqan bolasini tashlab ketgan ayolni aniqlash maqsadida o‘tkazilmoqda. Kollej o‘quvchilari tekshirilayotganini tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi ham tasdiqlar ekan¸ bu ishga militsiya, tuman Sog‘liqni-saqlash, Xalq ta’limi bo‘limlari, mahalla faollari hamda kollej rahbarlari jalb etilganini aytdi.

7 mart kuni Qiziriq tumanining Yangikent mahallasi hududidagi ko‘lga baliq ovlashga borgan bolalar yangi tug‘ilgan chaqaloq jasadini topishgan.

Bu haqda voqea tafsilotlaridan bevosita xabardor qiziriqlik mulozim Ozodlikka ma’lum qildi.

- Bolalar baliq ovlab o‘tirishganida suv chetida bolaning jasadini ko‘rishgan. Tug‘ilganiga bir kun bo‘lgan bola ekan. Onasi ko‘l qirg‘og‘ida tuqqan va ishtonini yirtib bo‘g‘ib o‘ldirib, ustiga ishtonining yarmini yopib ketgan. Bolalar yosh bola qo‘g‘irchoq, deb oyog‘idan tortganidan so‘ng bilgan ekan, - deydi voqea tafsilotlaridan yaxshi xabardor mulozim.

Surxondaryoning Qiziriq tumanidagi baliqxonaga qarashli ko‘l.
Surxondaryoning Qiziriq tumanidagi baliqxonaga qarashli ko‘l.

Aytilishicha¸ hozirda militsiya bolasini tashlab ketgan onani qidirmoqda.

Qidiruv doirasida militsiya xodimlari tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi va Sog‘liqni-saqlash bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi to‘rtta kollejda o‘quvchi qizlarni ginekologik tekshiruvdan o‘tkazmoqda.

Tergov doirasida tug‘ruqxonalarda ishlaydigan va ishlamaydigan doyalar ham birma-bir so‘roq qilinmoqda¸ deydi qiziriqlik mulozim.

Qiziriq tumani hokimining muovini, tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Jamila Xudoyqulova Ozodlik bilan suhbatda kollej o‘quvchilari tekshirilayotganini tasdiqladi:

- Tekshirilayapti. Kollej o‘quvchilari ham tekshirilayapti. Qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayapti, ginekologik ko‘rik. Patronaj hamshiralar, mahalla, uchastkavoy hammasi birgalikda tekshirishayapti, - dedi Jamila Xudoyqulova.

Ozodlik suhbatlashgan qiziriqlik kollej o‘quvchilaridan biri qizlar uchun “tekshiruvninng majburiyligi”dan shikoyat qildi:

- Qizlarni birma-bir tekshirishayapti. Bugun Pedagogika kolleji qizlarini tekshirisharkan. Tuman tibbiyot birlashmasida, birma-bir. Majburiy deyishayapti. Oldin uchastkavoy va mahala faoli suhbat qilar ekan. Shundan keyin patronaj hamshira suhbat qilar ekan. Shubhali ko‘rinsa¸ yechintirib, ginekologik tekshiruv qilar ekan. Buni menga tekshiruvga borgan tanishlarim aytdi. Menga qolsa¸ bormasdim o‘sha ginekolog qabuliga, - deydi Qiziriq tumanining "Qishloq ozon" mahallasida yashovchi kollej o‘quvchilaridan biri.

Ayni paytda bu tekshiruvlarning ota-onalar roziligisiz, majburiy militsiya nazorati ostida o‘tkazilayotgani haqida xabarlar bor.

O‘zbekistonda o‘quvchi qizlar orasida “erta jinsiy hayotni boshlaganlarni” aniqlash maqsadida bunday ginegologik tekshiruvlar oldin ham o‘tkazilgan.

Tadbir davomida “bokiraligini yo‘qotgan va xomilador qizlar aniqlanib, ularning ota-onalari bilan suhbatlar o‘tkazilgani haqda Ozodlik avval xabar bergan.

XS
SM
MD
LG