Линклар

Шошилинч хабар
16 август 2018, Тошкент вақти: 21:34

Qiziriqda chaqalog‘ini ko‘lga tashlab ketgan ayol kollej o‘quvchisi bo‘lib chiqdi


Qiziriqning Yangikent mahallasidagi bakliqxona ko‘li.

Surxondaryoning Qiziriq tumanida chaqalog‘ini bo‘g‘ib o‘ldirib¸ ko‘lga tashlab ketgani gumonlanayotgan ayol qo‘lga olingan. Surxondaryo viloyati huquq-tartibot idoralaridagi Ozodlik manbasiga ko‘ra, yangi tug‘ilgan bolasini o‘ldirib, ko‘lga tashlaganlikda gumonlanayotgan ayol Qiziriq tumani Pedagogika kollejining 2-kurs o‘quvchisidir.

7 mart kuni Qiziriqning Yangikent mahallasidagi baliqxona ko‘lida yangi tug‘ilgan chaqaloqning jonsiz jasadi topilgani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

Buning ortidan tuman kollejlaridagi o‘quvchi qizlarni ginekologik tekshiruvdan o‘tkazishgan.

Surxondaryo viloyati huquq-tartibot idoralaridagi Ozodlik manbasiga ko‘ra, bolasini o‘ldirib, ko‘lga tashlab ketganlikda gumonlanib, Pedagogika kollejining 17 yoshli 2-kurs talabasi qo‘lga olingan.

- 2000 yilda tug‘ilgan. Qiziriq Pedkolleji 2-kurs talabasi bo‘lib chiqdi. Hozir qo‘lga olingan, so‘roq qilinyapti, - deya bildirdi Ozodlik manbasi.

Qo‘lga olingan ayolning ismi Ozodlikka ma’lum, lekin tergov siri vajidan uning ismini ochiqlamaydi.

Bu voqea tuman va viloyatda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan.

Pedagogika kollejida ishlaydigan o‘qituvchining, ismi sir qolishi sharti bilan Ozodlikka aytishicha, kollej rahbari hokimiyatga chiqartirilgan.

- Hokimiyada majlis bo‘lyapti bu bo‘yicha. Kollej rahbarimiz ham shu yoqqa ketgan, -dedi kollej o‘qituvchisi.

Bu haqdagi voqea tafsilotlaridan bevosita xabardor qiziriqlik mahalla faolining Ozodlikka aytishicha, qiz bolani uyida o‘zi tug‘ib, keyin uni o‘ldirib, ko‘lga olib borib tashlagan.

- Qizni otasini taniymiz. Ilgari tumanda greder haydagan, traktorchi edi. Shuning qizi bo‘lib chiqdi. Keyin Rossiyaga ishlagani ketgan. Qiz ota nazoratisiz onasi yonida qolib ketganidan keyin xohlagan ishini qilib yuravergan bo‘lishi kerak-da, - deydi mulozim.

Lekin, Surxondaryo viloyati huquq-tartibot idoralari tergov yakunlanmagani bois voqeaga oydinlik kiritolmasliklarini aytishdi.

Qidiruv doirasida militsiya xodimlari tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi va Sog‘liqni-saqlash bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi to‘rtta kollejda o‘quvchi qizlarni ginekologik tekshiruvdan o‘tkazgan edi.

Qiziriq tumani hokimining muovini, tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Jamila Xudoyqulova Ozodlik bilan suhbatda kollej o‘quvchilari tekshirilayotganini tasdiqlagandi.

- Tekshirilayapti. Kollej o‘quvchilari ham tekshirilayapti. Qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayapti, ginekologik ko‘rik. Patronaj hamshiralar, mahalla, uchastkavoy hammasi birgalikda tekshirishayapti, - degan edi Jamila Xudoyqulova.

Lekin, u bilan boshqa bog‘lanib bo‘lmadi.

O‘zbekistonda o‘quvchi qizlar orasida “erta jinsiy haëtni boshlaganlarni” aniqlash maqsadida bunday ginegologik tekshiruvlar oldin ham o‘tkazilgan.

Tadbir davomida “bokiraligini yo‘qotgan va xomilador qizlar aniqlanib, ularning ota-onalari bilan suhbatlar o‘tkazilgani haqda Ozodlik avval xabar bergan.

XS
SM
MD
LG