Tashkilotchilar 1464 kilogrammli rekord darajadagi beshbarmoq tayyorlash videosini Ginnesning rekordlar Kitobi kotibiyatiga yuborishadi.
Kitobga kirish maqsadida ariza berish uchun kotibiyatning ikki nafar vakilini taklif qilish yoki ularga videoni jo‘natish kerak bo‘lardi, deydi taom tayyorlash tashkilotchilaridan biri Elnura Kulueva.
Uning so‘zlariga qaraganda, tashkilotning vakillarini taklif qilish harajatlari har biri uchun 16 ming dollarni –10 ming dollar gonorar, shuningdek viza va safar harajatlari uchun - tashkil qilardi.
«Shu sababli biz ikkinchi variantni tanladik – tayyorlash jarayonlarini videoga oldik, endilikda ingliz tiliga tarjima qilamiz va kotibiyatga yuboramiz. Tadbirga o‘nlab nufuzli OAViva shvetsiyalik ikki nafar oshpaz guvoh bo‘ldi. “Art” sudiyasi tomonidan suratga olingan video tez orada jo‘natiladi», - deydi Kulueva.
Kuluevaning ta’kidlashicha, Ginnesning rekordlar kitobiga ariza berish uchun barcha talablarga rioya qilingan. 1 tonna 464 kg beshbarmoq va 117 metrli chuchuk(qazi) tayyorlashga 40 nafar oshpaz va 100ga yaqin volontyor qatnashdi. Bu miqdordagi taomni tayyorlashga 8 ta ot so‘yildli, 150 litrli 12ta qozon o‘rnatildi.
2015 yilda beshbarmoq tayyorlash bo‘yicha rekord Ostonada o‘rnatilgan edi. O‘shanda tayyor taomning og‘irligi 736,5 kilogrammni tashkil qilgan va Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan edi.