Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:38

Ilon Mask: Uchinchi jahon urushida fazoviy bazalar insoniyatni saqlab qolishi mumkin


Ilon Mask.
Ilon Mask.

SpaceX shirkati asoschisi, milliarder tadbirkor Ilon Maskning aytishicha, uchinchi jahon urushi sodir bo‘lgan taqdirda Oy va Marsdagi bazalar insoniyat madaniyatini saqlab qolib, uni Erda qayta tiklanishiga yordam berishi mumkin.

Mask o‘z shirkatining sayyoralararo kemasi keyingi yildayoq sinovdan o‘tishini bildirdi.

Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan SXSW konferensiyasida Mask uchinchi jahon urushi sodir bo‘ladigan bo‘lsa, Yevropada o‘rta asrlarda sodir bo‘lgan “qorong‘u davr” qaytalanishi mumkinligini aytdi.

- Biz insoniyat madaniyatini qaytarish va balki Qorong‘u davr muddatini qisqartirish uchun biror yerda yetarlicha inson sivilizatsiyasi urug‘i bo‘lishini istaymiz, - dedi Mask. - Menimcha, Yerda hayotni tiklashi mumkin bo‘lgan Oy yoki Mars bazasi juda muhim ahamiyatga ega.

Mask SpaceXning sayyorlararo kemasi keyingi yilda qisqa reyslarni amalga oshirishi kutilayotganini bildirdi.

O‘tgan oyda SpaceX shirkati Falcon Heavy deb nomlangan og‘ir raketa tashuvchining tajriba parvozini amalga oshirgan edi.

XS
SM
MD
LG