Линклар

Шошилинч хабар
23 декабр 2025, Тошкент вақти: 04:08

Dunyoning tagiga yetgan Xokingdan unutilmas iqtiboslar


Stiven Xoking
Stiven Xoking

Taniqli ingliz fizigi Stiven Xoking o‘zining Kembrijdagi uyida 76 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning oila a’zolari 14 mart kuni xabar qildi.

Quyida butun dunyoga tanilgan olimning esda qolarli iqtiboslari bilan tanishishingiz mumkin.

Olam mavjudligi sababi haqida:

- Agar biz bunga javob topsak, bu inson ongi uchun eng katta yutuq bo‘ladi, chunki bu bilan Xudo ongini anglagan bo‘lamiz. (A Brief History of Time. 1988)

Yon amiotrofik skleroz tashhisi haqida:

- 21 yoshdaligimda umidlarim nolga tushdi. O‘shandan beri hamma narsa men uchun bonus bo‘lib kelmoqda. (The New York Times bilan intervyu. Dekabr 2004)

Qora tuynuklar haqida:

- Eynshteyn «Xudo soqqa tashlab o‘ynamaydi», deb xato aytgan. Qora tuynuklar haqida fikr yuritish Xudo nafaqat soqqa o‘ynashini, balki ba’zan ularni ko‘rinmaydigan joylarga tashlab, bizni adashtirishini ko‘rsatadi. (The Nature of Space and Time, 1996)

Xudo haqida:

- Pilik uchquni bo‘lib, olamni harakatga keltirish uchun Xudoga tayanish shart emas. (The Grand Design. 2010)

Tijoriy muvaffaqiyat haqida:

- Kitoblarim aeroportlardagi kitob do‘konlarida sotilishini istayman. (The New York Times bilan intervyu. Dekabr 2004)

Obro‘ haqida:

- Mashhurligimning yomon tomoni shundaki, men dunyoning biror burchagiga kishi bilmas bora olmayman. Men uchun qora ko‘zoynak bilan parik taqish yetarli emas. Kolyaskam meni bildirib qo‘yadi. (Israeli TV bilan intervyu. Dekabr 2006)

Dunyoning barkamol emasligi haqida:

- Agar barkamol bo‘lganimizda, siz va men mavjud bo‘lmagan bo‘lardik. (Into The Universe With Stephen Hawking. The Discovery Channel. 2010)

Evtanaziya haqida:

- Bemor buni xohlasa, o‘z hayotini tugatish huquqiga ega bo‘lishi kerak. Ammo bu katta xato deb o‘ylayman. Hayot qanchalik yomon bo‘lmasin, har doim qilishing mumkin bo‘lgan narsani topishing va uddalashing mumkin. Hayot bor ekan, umid ham bor. (People’s Daily Online, iyun 2006)

XS
SM
MD
LG