Линклар

Шошилинч хабар
23 декабр 2025, Тошкент вақти: 04:07

London rossiyalik 23 diplomatni Britaniyadan badarg‘a qilmoqda


Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey

Buyuk Britaniya o‘z hududidan Rossiyaning 23 diplomatini chiqarib yuboradi. Bu haqda bayonot bilan Britaniya bosh vaziri Tereza Mey chiqish qildi.

Bosh vazirga ko‘ra, shuningdek, Britaniya rasmiylari Rossiyada o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga bormaydi, London Moskva bilan oliy darajadagi aloqalarini cheklaydi.

Rasmiy London Kremlni Britaniya hududida Rossiya razvedkasining sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Sovuq urush davrida ishlab chiqilgan nervni falaj qiluvchi gaz bilan zaharlanishini kecha tungi soat 12:00 gacha izohlashni talab qilgan edi. Xususan, Mey Moskvadan Sovet Ittifoqida o‘tgan asrning 80-yillarida ishlab chiqarilgan nervni falaj qiluvchi gaz Britaniyaga qanday kelib qolganini tushuntirib berishni talab qilgan.

"Qabul qilib bo‘lmas bu insidentdan keyin biz aloqalarimizni shu paytgacha bo‘lgan darajada qoldira olmaymiz. Shuning uchun biz oliy darajadagi barcha ikki tomonlama aloqalarimizni to‘xtatib turamiz, shuningdek, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Buyuk Britaniyaga kelishiga doir taklifimizni qaytarib olamiz”, dedi Mey 14 may kungi chiqishida.

Bosh vazirga ko‘ra, Vena konvensiyasiga binoan Britaniya e’lon qilinmagan razvedkachi ekanligi aniqlangan rossiyalik 23 diplomatni mamlakatdan badarg‘a qiladi. Ularga Britaniyani tark etishlari uchun bir haftalik muhlat beriladi. Meyga ko‘ra, bu so‘nggi 30 yil ichida rossiyalik diplomatlarning eng katta ko‘lamli badarg‘a qilinishidir va bu holat Rossiya razvedkasining Britaniyadagi imkoniyatlarini jiddiy cheklaydi.

“Biz Rossiya aktivlarini, ular Buyuk Britaniya fuqarolari va boshqa aholisi moli va joniga qarshi ishlatilganiga dalil bo‘lgan taqdirda muzlatamiz”, dedi Tereza Mey.

Avvalroq bosh vazir Mey Skripal va uning qizi zaharlanishi ortida Rossiya turgani «ehtimoli juda katta» ekanini bildirgan edi. Bu masalada AQSh, Yevropa Ittifoqi hamda NATO Meyni qo‘llamoqda.

Mey ushbu hujumga javob o‘laroq Rossiyaga qarshi bir necha diplomatik va iqtisodiy chora ko‘rilishi mumkinligini bildirgan. Bugun bosh vazir milliy xavfsizlik kengashi bilan uchrashishi kutilmoqda.

Bu orada Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Skripal va uning qiziga qarshi suiqasd ortida Rossiya turganini inkor qildi.

XS
SM
MD
LG