Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:40

AQSh Rossiya razvedka xizmatlari va kompaniyalariga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi


AQSh Moliya vazirligi (suratda) e’lon qilgan sanksiyalar Rossiyaning “troll fabrikasi” deb atalgan tashkilotga ham tegishli.
AQSh Moliya vazirligi (suratda) e’lon qilgan sanksiyalar Rossiyaning “troll fabrikasi” deb atalgan tashkilotga ham tegishli.

AQSh hokimiyat idoralari Rossiyaning yetakchi razvedka agentliklari, o‘ndan ortiq Rossiya vatandoshiga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi. Ular orasida Rossiyaning “troll fabrikasi” deb atalgan tashkilot ham bor.

15 martda Oq Uy va Moliya vazirligi e’lon qilgan choralar Rossiyaning AQSh saylov tizimlari, jumladan, 2016 yilgi prezident saylovi kampaniyasiga aralashish borasidagi xatti-harakatlariga javoban ko‘rildi.

Rasmiylar ushbu chora yana keng qamrovli “badniyat kiber-faoliyat”ga javoban ko‘rilayotganini ham bildirdi. Aytilishicha, rossiyalik hakerlar AQShning energetika tizimi va infratuzilmasining boshqa qismlari, jumladan, to‘g‘onlari elektron tizimlarini buzib kirishga uringan.

16 mart kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Serey Ryabkov Rossiya AQShning yangi sanksiyalar turkumiga amerikaliklar “qora ro‘yxati”ni kengaytirish bilan javob qaytarishini bildirdi.

Uning aytishicha, Rossiya sanksiyalarga ularning qamroviga yarasha javob qaytaradi, ammo Moskva qo‘shimcha choralar ko‘rishni ham istisno qilmaydi.

Dastlab AQSh rasmiylari sanksiyalar Britaniyada pensiyadagi rus harbiy josusi va qizining zaharlanishiga bevosita aloqador emasligini aytdi. Ammo AQSh moliya vaziri Stiv Mnuchin ushbu noxush hodisani Rossiya shafqatsiz xatti-harakatlarining ko‘rinishi, deb atadi.

AQShning yangi choralari Rossiyaning Qo‘shma Shtatlar va Yevropadagi xatti-harakatlariga qanchalik ta’sir ko‘rsatishi ma’lum emas. Tilga olinayotgan idoralar, tashkilotlar va shaxslarga qarshi oldin ham sanksiyalar qo‘llangan yoki AQSh hukumati bayonotlarida ularga qarshi avval ham ayblovlar e’lon qilingan edi. Bunga AQSh maxsus prokurori Robert Myullerning o‘tgan oyda e’lon qilingan ayblovi ham kiradi.

Ushbu choralar Moskva bilan o‘rtadagi tanglikni yanada murakkablashtirishi turgan gap.

Yangi jazo choralari AQSh Kongressi o‘tgan yili Rossiyani saylov jarayoniga aralashgani uchun jazolash maqsadida qabul qilgan qonun doirasida ilk marta qo‘llanmoqda.

Moliya vazirligi Rossiyaning harbiy razvedka boshqarmasi GRU va Rossiya harbiy xizmatchilarini 2016 yilgi saylovga aralashganlikda aybladi. Vazirlikka ko‘ra, ular “NotPetya” kiberhujumi uchun bevosita javobgardir, iyun oyida ro‘y bergan hujum vaqtida Yevropa kompaniyalari va boshqa internet foydalanuvchilari milliardlab dollar zarar ko‘rdi.

AQSh milliy xavfsizlik xizmati rasmiylarining jurnalistlarga ma’lum qilishicha, FQB, Ichki xavfsizlik vazirligi va razvedka idoralari AQShning energetika sektori, jumladan, tarmoqlar, to‘g‘onlar va zavodlarning elektron tizimlariga hujumlar ortida Rossiyaning razvedka va boshqa xizmatlari turgan deb hisoblaydi.

Moliya vazirligi bayonotida Sankt-Peterburg shahrida joylashgan va “Rossiyaning troll fabrikasi” deb nom olgan Internet tadqiqot agentligi tilga olindi. Markaz Feysbuk va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda soxta akkaunt – hisob qaydnomalari yaratish va soxta xabarlar tarqatish bilan shug‘ullangan.

Myullerning o‘tgan oydagi hisobotida o‘sha kompaniya va uning moliyaviy ta’minotchisi Yevgeniy Prigojinni fitna uyushtirganlik va boshqa jinoyatlarda ayblagan edi.

Qo‘shma Shtatlar Britaniya, Fransiya va Germaniyaning Rossiya Skripal va qizini zaharlagani to‘g‘risidagi keskin ayblovlarga qo‘shildi. Ota-bola asabni falajlovchi modda bilan zaharlangandan so‘ng Britaniyada shifoxonaga yotqizilgan edi.

Prezident Vladimir Putin Skripal bilan qizi zaharlangandan so‘ng London bilan munosabatlar taranglashib ketayotgani ortidan mamlakat Xavfsizlik Kengashi majlisini o‘tkazdi.

XS
SM
MD
LG