Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:36

To‘kilgan sochni qayta o‘stiruvchi yangi dori ishlab chiqildi


Kolumbiya universiteti
Kolumbiya universiteti

Kolumbiya universiteti Tibbiyot markazi yaqinda o‘tkazgan tadqiqot ruxolitinib deb nomlangan dori soch to‘kilishiga qarshi samarali vosita ekanligini ko‘rsatdi.

Dorini ichgan o‘rta va og‘ir alopetsiya, ya’ni soch to‘kilishi kasalligiga chalingan shaxslarning taqriban 75 foizida soch qayta o‘sgani, muolaja yakunlanganida qantashuvchilarning 92 foizida soch qayta o‘sgani kuzatilgan.

Tadqiqot natijalari Journal of Clinical Investigation/Insight jurnalida chop etildi. Unda o‘rta va og‘ir alopetsiyaga chalingan 12 shaxs qatnashgan.

Stenford va Yel universitetlarida o‘xshash dori bilan o‘tkazilgan sinov natijasi ham buni tasdiqlagan.

Aylana yoki o‘choqli alopetsiya soch to‘kilishining ikkinchi eng keng tarqalgan turi bo‘lib, ayollarda ham, erkaklarda ham uchraydi. Kasallik har qanday yoshda boshlanishi mumkin.

Alopetsiya asosan soch to‘kilishiga sabab bo‘ladi. Ayrim bemorlarda tanadagi tuklar ham to‘kila boshlaydi. Hozirgacha yo‘qotilgan sochni to‘liq tiklash yo‘li topilmagan.

Tadqiqot ishtirokchilari uch oydan olti oygacha kuniga ikki marta 20 mg ruxolitinib qabul qilgan. Bemorlar muolaja tugaganidan keyin ham uch oy davomida kuzatuvda bo‘lgan.

To‘qqiz bemorning sochi 50 yoki undan ko‘p foizga tiklangan. Muolaja yakuniga yetganida dori ta’sir qilgan shaxslarning 77 foizida yo‘qotilgan soch 95 foizga tiklangan.

Qatnashuvchilarning uchdan birida davolash tugaganidan keyin, soch yana to‘kilgan, ammo muolaja boshlanishidan avvalgi darajada emas.

Bemorlarda dorining hech qanday jiddiy salbiy ta’siri kuzatilmagan.

Kolumbiya va Yel universiteti o‘tkazgan tadqiqotlar olimlar soch to‘kilishi kasaliga davo topish sari yana bir qadam tashlaganidan dalolat beradi.

XS
SM
MD
LG