Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:44

Namanganda “megasumalak” uchun aholidan o‘lpon yig‘ildi. Hokimlik rad qilish an’anasini davom ettirdi


20 mart kuni Namangan shahrining Bobur bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlab 5 tonnalik sumalak pishirish uchun aholidan o‘lpon yig‘ilgan. Ozodlik suhbatlashgan Namangandagi San’at va Pedagogika kolleji o‘qituvchi va o‘quvchilari kishi boshiga sumalak tadbiriga deb 200 ming so‘mdan pul yig‘ilganini aytishdi.​ Tadbirni uyushtirayotgan Namangan shahar hokimligi mulozimi Ozodlik bilan suhbatda bu iddaolarni rad etishga urindi va "megasumalak tadbirining 100 foiz hokimlik hisobidan o‘tkazilayotganini" bildirdi.

Namangan shahri markazida 5 tonnalik sumalak pishirish uchun diametri 3¸5 metr bo‘lgan ulkan qozon-o‘choq tayyorlangan¸ 15 nafar oshpaz, kovlash uchun esa o‘ttizga yaqin sumalakchi ayol yollandi.

Hokimlik mulozimining Ozodlikka aytishicha, sumalakka bir tonna bug‘doy, 2 tonnadan ortiq un, 5 tonnadan ortiq bug‘day shirasi, 125 litr yog‘, 4 yarim ming litr suv ketgan va bu xarajatlarni hokimlik to‘lagan.

Ayni paytda¸ Ozodlik suhbatlashgan Namangandagi San’at kolleji o‘quvchilaridan biri har bir o‘quvchidan sumalak tadbiriga deb 200 ming so‘mdan pul yig‘ilganini bildirdi.

- Sumalak bahona aholidan pul yig‘ildi. Har bir o‘quvchidan 200 ming so‘mdan pul yig‘ildi. Sumalakka ko‘p pul ketmaydiku. Qolaversa¸ savob uchun qilinadigan tadbirku bu! Shuni ham hokimiyat aholining bo‘yniga qo‘yib qo‘ymoqda, - deydi ismi sir qolishi sharti bilan Ozodlikka gapirgan namanganlik talaba.

Sumalak uchun pul yig‘ilganini Namangandagi kollej o‘qituvchisi ham tasdiqladi.

- Hokimlik qattiq qo‘ygan ekan. Namangan dovrug‘ini jahonga mashhur qilish uchun sumalak pishiriladi, shunga har bir odam hissasini qo‘shishi kerak deyishdi. Hammadan 200 ming so‘mdan olindi, - dedi kollej o‘qituvchisi.

Ozodlik "megasumalak" uchun mahallalarda, byudjet tashkilotlari va korxonalarida ham pul yig‘ilganini o‘rgandi. Suhbatdoshlarga ko‘ra¸ keyingi bir oy davomida sumalak uchun ulardan ham 50 mingdan 200 ming so‘mgacha pul yig‘ib olingan.

Ozodlik muxbiri sumalak uchun pul yig‘ilgani haqida izoh so‘rab, Namangan shahar hokimligiga bog‘langanida, hokimlikning ijtimoiy masalalarga mas’ul mulozimi bu iddaolarni rad qildi.

- Unidan tortib suvigacha hokimlik ko‘tarayapti, pul yig‘ilgani bo‘lmagan gap, - dedi Namangan shahar hokimligi mulozimi.

Sumalak pishirayotganlardan biri 20 mart kuni Ozodlik bilan suhbatda 21 mart kuni tayyor bo‘ladigan 5 tonnalik taomning xayr-ehson qilinishini bildirdi.

- Bugun kechgacha pishiriladi. Ertaga tarqatiladi. Uchdan bir qismi mehr-muruvvat uylari, yetimxonalarga tarqatiladi. Qolgan uchdan ikki qismi bog‘da yig‘ilgan mehmonlarga ulashiladi, - dedi sumalak kovlayotgan oshpazlardan biri .

Bu suhbatdosh¸ 5 tonna sumalak pishirishdan maqsad uni Ginnes rekordlar kitobiga kiritish emasligini ta’kidladi.

- Bu Ginnes uchun emas. Shunchaki o‘zimiz pishirib ko‘rayapmiz. Birinchi navbatda¸ savob ish uchun buni qilayapmiz. Lekin, hali shu paytgacha bunaqa katta qozonda hech kim sumalak pishirmagan, biz buni birinchi bo‘lib qilayapmiz, - dedi megasumalakka bosh-qosh bo‘layotgan oshpazlardan biri.

Наманганда "мега-сумалак" пишираётган ошпазлардан бири билан суҳбат.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:43 0:00
Бевосита линк

Tadbirga borganlarning aytishicha¸ sumalak pishirish barobarida Namangan markazida Navro‘z kunlari san’atkorlar va qiziqchilar chiqishlari, dorbozlar va masxarabozlarning tomoshalari ham o‘tkazilmoqda.

Keyingi bir yil ichida Markaziy Osiyo¸ xususan¸ O‘zbekistonda Ginnes rekordlar kitobiga kirish da’vosi bilan milliy taomlar pishirish urf bo‘lib bormoqda.

Xususan¸ 2017 yil sentyabrida Toshkentda dunyodagi eng katta osh pishirilgan va Sayilgoh ko‘chasida uyushtirilgan 8 tonnalik palov bayramiga yig‘ilgan olomon orasida ur-yiqit yuzaga kelgan edi.

XS
SM
MD
LG