Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:54

Rossiyadagi muhojir O‘zbekistonga yuborayotgan pul yana ko‘paydi


Rossiyadagi o‘zbek muhojirlari 2017 yil davomida vataniga 3,9 milliard AQSh dollari miqdorida pul o‘tkazdi.

Rossiya Markaziy banki e’lon qilgan yangi hisob-kitob natijalariga ko‘ra, bu 2016 yilga nisbatan 42 foizga ko‘proqdir.

Muhojirlar Rossiyadan yuborayotgan pul jo‘natmalari 2014 yildan beri kamayib kelayotgan edi. Kuzatuvchilar buni Donbass va Qrim mojarosi tufayli Rossiyada boshlanib ketgan chuqur iqtisodiy va siyosiy inqiroz va G‘arb sanksiyalari ortidan rubl kursining jahon valyutalariga nisbatan keskin tushib ketishiga bog‘lashgan edi.

Pul jo‘natmalari ortgani sabablari nimada?

Yillardan beri Vladimir viloyatidagi qurilishlarda mehnat qilayotgan Rustamjon Ozodlik bilan suhbatda pul jo‘natmalari hajmining oshishini ishchi-migrantlar malakasining oshayotgani bilan izohlashga urindi.

"Ўзбекистонлик муҳожирларнинг малакаси ва маоши ошмоқда!"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:25 0:00
Бевосита линк

Bu suhbatdosh fikricha¸ Rossiyada yaxshi mutaxassislikka ega va yaxshi haq olayotgan o‘zbekistonliklar ko‘paygan va shu bois ularning vatanga yuborayotgan mablashi ham oshgan:

- Odamlarimiz elakdan o‘tib qolayapti. Biz kelganimizda 100-200 dollarni ko‘zimizga surtib ishlaganmiz. Hozirgi bolalar bu pulga ishlamaydi. Biz hammamiz asosan kichik korxonalarda ishlaymiz. Bular ham professionallikka yaqinlashayapti va malakali ishchilarni ishlatmasa korxonalarning o‘zi bankrot bo‘layapti! Talab oshayapti va professinal ishchilarga yaxshi pul to‘lamasa ular ishlamaydi! 45-50-60 ming rubl(800-1000 AQSh dollari) ga ishlayapti bolalarimiz hozir, qo‘shimcha daromadlari bilan. Aravani torta olmagani ketayapti, deydi Rustamjon.

Moskvadagi Migrantlar adaptatsiyasi bo‘yicha komissiya loyihasi eksperti O‘tkir Umarboqiev Ozodlik bilan suhbatda Markaziy Osiyo davlatlari¸ xususan¸ O‘zbekistonga mablag‘ o‘tkazmalari hajmi oshishining bir nechta boshqa sababi ham borligini aytadi.

O‘tkir Umarboqiev - Migrantlar adaptatsiyasi bo‘yicha komissiya loyihasi eksperti
O‘tkir Umarboqiev - Migrantlar adaptatsiyasi bo‘yicha komissiya loyihasi eksperti

Ў.Умарбоқиев: Россияда иш берувчилар қонунан ишлашга ўтмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:38 0:00
Бевосита линк

Migratsiya eksperti ta’kidicha¸ pul o‘tkazmalari hajmining oshishiga aksar migrantlarning Rossiyada yuzaga kelgan qiyin iqtisodiy vaziyatga moslasha olgani sabab bo‘lgan:

- Inson hamma narsaga moslashib ketadi. Krizis vaqtida yurtiga qaytib ketganlar borib hammasi ham ish topa olmadi va bir qismi Rossiyaga qaytib keldi. Hozir shunchaki 2014-2015 yilda tushirilgan daromadlar ko‘tarildi, holiga qaytdi! Qolaversa, Rossiyada minimal oyliklar, pensiya va narxlar ko‘tarildi. Shu hisobdan ham ruslarning yonida ishlovchi migrantlarning ham daromadlari oshirildi, dedi O‘tkir Umarboqiev.

O‘zbekistondagi Tashqi mehnat masalalari bo‘yicha agentlik tarqatgan ma’lumotga binoan, bugungi kunda xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar soni 3 milliondan ko‘proqni tashkil etadi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi ulardan 1,7 milliondan ko‘prog‘i Rossiyada ekanini xabar qilmoqda.

XS
SM
MD
LG