Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:27

Loyiha: Islovatxonada ushlangan erkak sud qilinadi; tanosilga chalinganmi-yo‘qmi tekshiriladi (VIDEO)


Лойиҳа: Исловатхонада ушланган эркак суд қилинади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:45 0:00

Adliya vazirligi bundan keyin fohishalik bilan shug‘ullanganlar qatori¸ ular xizmatidan foydalanganlarga ham chora ko‘rish tashabbusi bilan chiqdi. Me’yoriy-huquqiy hujjatlar jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladigan regulation.gov.uz saytida O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga o‘zgartish va to‘ldirish kiritishga oid qonun loyihasi taqdim etildi.

Kodeksda yangilik

Joriy yil, 1 maydan kuchga kirishi rejalashtirilgan qonun loyihasida, jumladan¸ Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning “Fohishalik bilan shug‘ullanish” deb nomlangan 190-moddasiga yangi band qo‘shish taklif etilgan.

Kodeksga qo‘shiladigan 1901 modda “ Fohishaxonalarga borish” deb ataladi. Unga ko‘ra¸ “Jinsiy ehtiyojini qondirish maqsadida fohishaxonalarga borish eng kam ish haqining bir baravari miqdorida (shu kunda 172 240 so‘m – tahr.) jarimaga tortishga asos bo‘ladi.”

Ayni paytda¸ kodeksning “Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror”, deb nomlangan 309-moddasiga fohishaxona mijozlariga nisbatan yana bir chora qo‘llash taklif etilgan.

Unga ko‘ra¸ ma’muriy sudlar tomonidan tibbiy xarakterdagi choralarni qo‘llash haqida qaror chiqarilganda¸ fohishalar xizmatidan foydalanganlarni teri-tanosil kasalliklari mavjudligini aniqlash uchun majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va bunday kasallik aniqlangan taqdirda ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarda majburiy statsionar davolash masalasini ham birvarakayiga hal qilishga ruxsat beriladi.

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga ko‘ra¸ "Fohishalik bilan shug‘ullanish —eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi."

Shu paytgacha faqat ayollar jazolangan bo‘lsa¸ endi ular mijozi ham “quruq qolmaydi”

Jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan qonun loyihasi muallifi O‘zbekiston Adliya vazirligi huzuridagi Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi mutaxassislaridir. Mazkur loyiha mualliflaridan biri Ozodlik bilan suhbatda¸ Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga to‘ldirish kiritishdan asosiy maqsad fohishalar va ular mijozlarini jazolashdan ko‘ra¸ tanosil kasalliklari tarqalishining oldini olish ekanini aytdi.

“Shiddat bilan ko‘payib borayotgan tanosil kasalliklari yuqishining asosiy ob’ekti fohishalar bilan aloqa bo‘lib turibdi. Foshihabozlik bilan kurashni kuchaytirish ko‘rib chiqilayapti. Tanosil kasalliklarining birinchi manbasi fohishalar bo‘lsa¸ ikkinchisi¸ ularning mijozlardir. Bir marta bu kasalni yuqtirgan odam¸ sistematik ravishda fohishaxonalarga borib¸ boshqalarga ham yuqtirib yuribdi. Bu taklifdan asosiy maqsad¸ ana shu venerik kasalliklar tarqalishi oldini olish mexanizmini yaratishdir¸” dedi Ozodlik bilan suhbatda o‘z ismi ochiqlanishi istamagan Adliya vazirligi mutaxassisi.

“Shvetsiya modeli olindi”

Qonun loyihasi mualliflaridan biri fohishabozlikka qarshi kurashni ko‘zda tutuvchi O‘zbekiston qonunchiligiga to‘ldirish kiritish jarayonida boshqa davlatlar tajribasi ko‘rib chiqilgani va Shvetsiya qonunchiligidan namuna olishga to‘xtalganini aytadi.

“Bilsangiz¸ 1999 yili Shvetsiya dunyoda birinchi bo‘lib¸ o‘z tanasini sotgan fohishalar emas¸ balki ular tanasini sotib olganlarga jazo belgiladi. Ko‘p o‘tmay¸ Norvegiya¸ Islandiya¸Kanada¸ Fransiya va Irlandiya kabi davlatlar Shvetsiyadan o‘rnak olib¸ ayni konsepsiyani qabul qildi. Bu hali taklif¸ Qonunchilik palatasi va Senatdan o‘tadimi-yo‘qmi¸ buni hozircha aniq aytish ham qiyin. Lekin biz bu to‘ldirishni muammo yechimini topish yo‘lidagi progress¸ deb bilamiz”¸ dedi 18 martdan 2 aprelga qadar jamoatchilik ochiq muhokamasiga qo‘yilgan qonun loyihasi mualliflaridan biri.

Shvetsiya qonunchiligiga ko‘ra¸ islovatxonalar nolegal hisoblanadi¸ shaxsning o‘z tanasini sotishi emas¸ boshqalarning uni sotib olishi jarima yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.

Loyiha qonunga aylansa¸ fohishaxonalar mijozi ozayadimi?

Adliya vazirligi mutaxassisi¸ bu taklif qabul qilingan taqdirda¸ o‘zbek jamiyati o‘ziga xosligidan kelib chiqilsa¸ samara berishiga ishonishini aytadi.

“O‘zbekistonda mahalla-ko‘y¸ ish va bilim yurtlaridagi imij masalasi muhim. Falonchi fohishaga borgani uchun sudlanipti¸ kojdispanserda yotib chiqipti¸ deyish ham erkakning o‘zi¸ ham uning oilasi uchun isnod sanaladi. Fohishaxonada ushlanib¸ sud qilinganidan keyin uylanmagan yosh yigitlar obro‘si to‘kiladi¸ uylanganlarning uyi buziladi. Biz bu loyiha qabul qilinsa¸ ham profilaktika¸ ham presechenie nuqtai nazaridan samara beradi¸ deb o‘ylaymiz”¸ dedi qonun loyihasi tashabbuschilaridan biri.

O‘zini Toshkent islovatxonalarining kunda-shundasi deb tanishtirgan 22 yashar talaba yigit¸ Ozodlik bilan “dangal va ochiq” suhbatda¸ bunday choraning an’anaviy oilada o‘sgan yigitlarni fohishaxonaga borishdan tiyish ehtimolini inkor qilmadi.

“Bunday yigitlar¸ albatta¸ mahallasida¸ jamoasida sharmanda bo‘lishdan qo‘rqadi. Sud zalida¸ boshqalarning oldida fohishaxonaga borganda ushlandi¸ deb jazoga tortish¸ dispanserga majburan yotqizish¸ ular uchun qo‘rqinchli va bundaylar fohishaga bormay qo‘yishi mumkin. Lekin men qo‘rqmayman. Toshkentdagi hamma islovatxonalarning krishasi bor va ular yo melisalar¸ yo snbchilar. Ularda islovatxonalarning ikkinchi kaliti bor¸ necha marta bostirib kirib¸ jazo bilan qo‘rqitgan. Qo‘liga 100-200 ming so‘m bersangiz¸ hech qaerga olib ham ketmaydi¸ protokol ham qilmaydi. Bu narsa bundan keyin ham o‘zgarmaydi”¸ deydi Toshkent fohishalarining doimiy mijozlaridan biri.

Fohishalar va ular mijozi - venerik kasalliklar o‘chog‘i

Fohishalar barobarida¸ ular mijozlarini ham jazoga tortish va ularni majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish haqidagi qonun loyihasi muallifi aytgan bu gapni¸ Ozodlik gaplashgan fohishalar ham¸ ular mijozlari ham tasdiqladi.

«Deyarli hammamiz kasal orttirganmiz. Uyat bo‘lsa ham aytaman¸ o‘zimizdan keladigan sassiq hidga o‘zimiz chidolmaymiz. Mijozlarning 90 foizi prezervativ ishlatishni istamaydi»¸- dedi Ozodlik bilan suhbatda o‘zbekistonlik fohisha ayol.

Fohishalarning doimiy mijozi bo‘lgan toshkentlik yigit ham¸ bu gapni tasdiqlaydi.

«Fohishalarning 95 foizi¸ mijoz so‘rasa¸ prezervativsiz seksga rozi bo‘ladi. Men bunaqa qizlarni internetdan topaman. Ular yozib qo‘yadi¸ prezervativ bilan buncha¸ prezervativsiz buncha¸ deb. Bular qimmat fohishalar. Qatortoldagi 100 ming so‘mlik fohishalar¸ erkaklarning o‘zi olib bormasa¸ so‘ramaydi ham. Har safar¸ bularning venericheskiy kasal yuqtirishdan qo‘rqmaganiga hayron qolaman. Balki¸ yuqtirmagan kasali qolmagani uchun¸ ularga baribir bo‘lib qolgandir. Lekin erkaklarga qoyilmasman. Ertaga borib¸ o‘z ayoliga har xil kasal yuqtirishini yo bilmaydi¸ bilsa ham¸ ularga baribir»¸ -dedi Toshkent fohishalarining muntazam mijozlaridan biri.

«Teri-tanosil kasalliklari ko‘paygan»

Ozodlik Sog‘liqni saqlash vazirligidan jinsiy aloqa orqali yuqadigan teri-tanosil kasalliklar statistikasiga oid tendensiyaga oid ma’lumotlarni hozircha ola olmadi. Ammo Toshkent shahridagi bir necha teri-tanosil kasalliklari dispanserlari xodimlari¸ bundaylar sonining¸ o‘z kuzatishlariga ko‘ra¸ ko‘payib borayotganini bildirdi.

«Asosan¸ fohishalikda ushlangan qizlarni olib kelishadi. Qon topshirganidan keyin 5 kun ichida javobi chiqadi. Sifilis ko‘paygani rost. Erkaklar chiqish vizasiga hujjat uchun SPIDga qon topshiradi. Bu haqdagi statistika vazirlikda bo‘lsa kerak»¸ - dedi Toshkentdagi teri-tanosil dispanseri qabulxonasi xodimasi.

XS
SM
MD
LG