Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:31

Bekobodda to‘yda zaharlangan 50dan ortiq bemor ahvoli "o‘rtacha og‘irlik"da qolmoqda


Toshkentda to‘y bazmida yozilgan dasturxon (illyustrativ surat)
Toshkentda to‘y bazmida yozilgan dasturxon (illyustrativ surat)

Bekobod tumanidagi to‘ylardan birida 55 kishi ovqatdan zaharlanib, shifoxonaga tushdi. Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, mahalliy nashrlarning xabar qilishicha, 30 -31 mart kunlari 55 kishi, shu jumladan 6 bola, ich ketish, qayd qilish va tana haroratining oshishi kabi simptomlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, Gazeta.uz saytining yozishicha, epidemiologik tekshiruvlar natijasida bemorlarning 28 martda Bekobod shahridagi "Baxt uyi" to‘yxonasidagi nikoh bazmi hamda "Dildora" nomli yana bir to‘yxonadagi qiz bazmida ishtirok etgani aniqlangan.

"Bemorlarning umumiy ahvoli o‘rtacha og‘irlikda. 2 nafar bemorga qoniqarli ahvolda uylariga javob berildi. Murojaat qilgan 7 nafar bemorga ambulatoriya sharoitida tibbiy yordam ko‘rsatilib, ahvollari qoniqarli bo‘lgani uchun uylariga ketishga ruxsat berildi", deya xabar qiladi Gazeta.uz nashri.

Kun.uz nashrining yozishicha, bemorlarning 50 nafari Bekobod shahar tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga, 4 nafari tug‘uruq bo‘limiga va 1 nafari Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti shifoxonasiga “o‘tkir gastroenterit, ovqat toksikoinfeksiyasi” birlamchi tashxisi bilan yotqizilgan.

Ma’lum qilinishicha, ommaviy zaharlangan bemorlarni tezkor davolash va muammo sababini o‘rganish uchun viloyatga Respublika Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti mutaxassilari va rahbarlari jalb qilingan.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 600ga yaqin odam ishtirok etgan har ikki bazmga tumandagi "Nodirbek omad baraka" xususiy korxonasiga qarashli bo‘lgan "Istiqlol" kafesi hozirlagan taomlar dasturxonga tortilgan.

Nashrning yana qo‘shimcha qilishicha, ushbu bazmlarda ishtirok etgan mehmonlar soni va ularning ahvolini o‘rganish uchun 136 nafar patronaj hamshira va 50 mutaxassis xonadonlarni tekshirishga safarbar qilingan.

To‘yda aholining ommaviy zaharlanishi so‘nggi bor 2017 yilning sentabr oyida Buxoro viloyatining Romitan tumanida kuzatilgan, o‘shanda tuman markazidagi “Diyor” to‘yxonasida tuxum barak iste’mol qilgan 166 kishi ovqatdan zaharlangan edi.

2017 yilning may oyida esa Andijon viloyatining Shahrixon tumanida 1500ga yaqin odam muzqaymoqdan zaharlangani qayd etilgan. 200ga yaqin kishi shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 5 nafarining ahvoli o‘t jiddiy ekani aytilgan edi.

XS
SM
MD
LG