Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2025, Тошкент вақти: 20:35

Facebook Rossiya moliyalashtirayotgan guruhlarga qarshi kurashayotganini bildirdi


Mark Sukerberg AQSh Senatidagi tinglovda senatorlar savollariga javob berdi.
Mark Sukerberg AQSh Senatidagi tinglovda senatorlar savollariga javob berdi.

Facebook asoschisi va rahbari Mark Sukerberg Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan hamda saylovlar va jamoatchilik fikri bilan manipulyatsiya qilishga qaratilgan guruhlarga qarshi qat’iy kurash olib borayotganini aytdi.

Facebook Россия молиялаштираётган гуруҳларга қарши курашаётганини билдирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:05 0:00

33 yoshli internet magnat AQSh Senatida 11 aprel kuni o‘tgan tinglovlarda mana shunday bayonot berdi.

Senatorlar Sukerbergga u asos solgan ijtimoiy tarmoqdan AQSh prezidentlik sayloviga ta’sir o‘tkazish harakati bo‘lganiga oid savollarni berishdi. Shuningdek, senatorlar tarmoqda shaxsiy yozishmalarni sir saqlash huquqi, foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini sir saqlash tamoyili buzilgani hamda ayrim foydalanuvchilar tomonidan “nafrat tili” qo‘llanilayotganiga oid savollarga javob olishdi.

Sukerberg Britaniyaning Cambridge Analytica shirkati 2016 yildagi AQSh prezidentlik sayloviga ta’sir ko‘rsatish maqsadida 87 million foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlashiga qarshi tura olmagani uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

U, shuningdek, uydirma xabarlar, tashqi aralashuv va tarmoqda “nafrat tili” paydo bo‘lishining oldini ololmagani uchun ham mas’ul ekanini tan oldi.

AQSh Kongressida qilgan chiqishida Mark Sukerberg Facebook tarmog‘idagi Rossiya trollarining faoliyatini “qurollanish poygasi”ga tenglashtirdi.

- Rossiyada ishi faqat bizning va boshqa internet tarmoqlaridan foydalanishdan iborat bo‘lgan odamlar bor. Buni qurollanish poygasi, deb atasa ham bo‘ladi. Shuning uchun biz bu yo‘nalishni moliyalashtirishimiz shart. Joriy yil oxirigacha shirkatimizda kontent va xavfsizlik masalasida ishlaydigan xodimlar soni 20 ming kishidan oshadi,-dedi Tsukerberg.

Facebook rahbari “2016 yilgi AQSh prezidentligiga saylov jarayonidagi Rossiya axborot amaliyotlarining fosh etilishi juda "sustkashlik bilan olib borilgani”dan afsusda ekanini ta’kidladi:

-Mening shirkatni boshqarishdagi eng katta afsuslarimdan biri, 2016 yildagi Rossiya axborot amaliyotlarining sustakshlik bilan fosh etilganidir. Biz ular an’anaviy tarzda qator kiberhujumlarni uyushtiradi, deb kutgan edik. Biz bu hujumlarni zudlikda aniqlab, ular sindirmoqchi bo‘lgan kampaniyalarni ogohlantirganmiz. Lekin biz yangicha tarzda o‘tkazilgan axborot amaliyotlarnini aniqlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ydik, -dedi Tsukerberg.

Tinglovda Mark Sukerberg Facebook soxta akkauntlarni aniqlay oladigan zamonaviy sun’iy intellekt vositalarini qo‘llay boshlagani to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Sukerberg, shuningdek, Facebook Rossiyaning Donald Tramp foydasi uchun AQSh prezidentlik sayloviga aralashgani yuzasidan tergov olib borayotgan maxsus prokuror Robert Myuller bilan hamkorlik qilayotganini ham bildirdi.

XS
SM
MD
LG