Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2025, Тошкент вақти: 20:34

OzodDayjest: Tomorqaga qanday ishlov berilayotgani dronlar vositasida nazorat qilinmoqda


Qoraqalpog‘istonda tomorqalarga qanday ishlov berilayotganini dronlar yordamida tekshirish amaliyoti joriy etildi.

O‘zAning xabar berishicha: “Amudaryo tumanida dronlar yordamida fuqarolarning tomorqa yerlari holati nazorat qilinmoqda va olingan tasvirlar ovul va mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda muhokama qilinayotir”.

Xabarda aytilishicha, aholining aksariyat qismi aprel oyining boshidayoq tomorqaga ekin ekish ishlarini yakunlagani aniqlandi. Biroq ba’zi tomorqa yerlari hamon ekilmasdan qolmoqda.

“Bunday xonadon egalariga tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va davlat soliq qo‘mitasining ogohlantirish xatlari taqdim qilinmoqda”, deyiladi xabarda.

Avvalroq Ozodlik radiosi Vazirlar Mahkamasi 18 mart kuni “Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qilgani haqida xabar bergan edi.

Mazkur qarorda har bir tumanda aholining tomorqadan qanday fqoydalanayotganini nazorat qiladigan monitoring guruhlari tashkil etilishi nazarda tutilgan.

Monitoring natijasida ekin yerlaridan maqsadli va samarali foydalangan tomorqa egasiga yer solig‘i stavkasining pasaytiruvchi koeffitsientini qo‘llash tarzidagi soliq imtiyozi beriladi.

Tomorqasiga belgilangan ekin turlari hamda mevali va manzarali daraxtlar ekilmaganligi, chorva mollari sotib olinmaganligi, issiqxona barpo etilmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi obodonlashtirilmaganligi aniqlangan yer egasi esa yer solig‘ini uch barobar miqdorida to‘laydi.

Dehqon xo‘jaliklariga nisbatan esa yer uchastkasiga bo‘lgan huquqini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish bo‘yicha choralar ko‘riladi.

XS
SM
MD
LG