Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:58

Yer yuzidagi eng yoshi ulug‘ erkak Yaponiyada yashaydi


Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2017 yili Yaponiyada 100 yoshni qarshilagan 68 mingdan ziyod odam qaydga olingan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2017 yili Yaponiyada 100 yoshni qarshilagan 68 mingdan ziyod odam qaydga olingan.

Seshanba kuni 112 ga chiqqan yaponiyalik Masozo Nonaka Yer yuzidagi eng yoshi ulug‘ erkak o‘laroq tan olindi.

1905 yilning 25 iyulida, ya’ni Albert Eynshteyn nisbiylik nazariyasini e’lon qilishidan bir necha oy avval tug‘ilgan Nonaka “Ginnes rekordlari” tashkiloti sertifikati bilan taqdirlandi.

Nonaka Yaponiyaning Xokkaydo orolida oila a’zolari bilan yashaydi. Oilaning termal buloqqa ega mehmonxonasi bor.

Nonakaning nevarasi Yuko Nonaka AFP agentligi bilan suhbatda:

- U kolyaska yordamida harakatlanadi, lekin ahvoli juda yaxshi, - dedi.

- Bobom shirinliklarni sevadi – yapon shirinliklarini ham, g‘arb shirinliklarini ham, - deya so‘zini davom ettirdi u.

- Har kuni gazeta o‘qiydi va tez-tez issiq buloqda cho‘miladi.

Nonakaning yetti ukasi va bir singlisi bor. Ular Xokkaydo orolidagi Ashoro shahrida yashaydi.

Nonaka 1931 yil Hatsunoga uylangan. Ular besh farzand ko‘rgan.

“Ginnes rekordlari” tashkilotiga ko‘ra, fevral oyida ispaniyalik Fransisko Nunyes Olivera vafot etganidan keyin, Nonaka rasman eng yoshi katta erkak deb tan olindi.

Tashkilot hozirda yoshi eng ulug‘ shaxsni aniqlash ustida ishlamoqda. Yamaykalik Vayolet Braun 2017 yilning iyulida 117 yoshda vafot etganidan beri bu titul hali rasman hech kimga berilgani yo‘q.

Yaponiya xalqi uzoq yashashi bilan nom chiqargan. Yaponiya hukumati o‘tgan yilda mamlakatda 100 yoshni qarshilagan 68 mingdan oshiq odam borligini bildirgan edi.

XS
SM
MD
LG