Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2021, Тошкент вақти: 13:47

AQSh yetakchiligidagi koalitsiya Suriyaga havo zarbalari berdi (VIDEO)


Britaniya Mudofaa vaziri Suriyaga raketa zarbalari muvaffaqiyatli bo‘lganini ta’kidladi.

AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya Suriyaning Damashq va Xomsdagi kimyoviy qurollar ishlab chiqilgani gumon qilingan harbiy istexkomlariga qarata zarbalar berdi. Suriya xalqaro koyalitsiyaning havo zarbalaridan ko‘rgan zarari ma’lum emas.

Jumadan shanbaga o‘tar kechasi (Toshkent vaqti bilan shanba ertalab 6da) AQSh prezidenti Donald Tramp Bashar Assad rejimi o‘z xalqiga kimyoviy qurol qo‘llaganiga javoban Suriyaga havo zarbalari berish boshlanganini e’lon qildi.

Qanotli raketalar poytaxt Damashq yaqiniga va Homs shahri yaqinidagi ikkita joyga tashlangan.

O‘ta aniq zarbalar

“Vatandoshlar, yaqinda men Amerika Qo‘shma Shtatlari qurolli kuchlariga Suriya diktatori Bashar Assadning kimyo qurollariga aloqador nuqtalarga o‘ta aniq zarbalar berishni buyurdim ”, - deya bayonot berdi Donald Tramp.

Donald Tramp Bashar Assad rejimi o‘z xalqiga kimyoviy qurol qo‘llaganiga javoban Suriyaga havo zarbalari berish boshlanganini e’lon qildi.
Donald Tramp Bashar Assad rejimi o‘z xalqiga kimyoviy qurol qo‘llaganiga javoban Suriyaga havo zarbalari berish boshlanganini e’lon qildi.

"2013 yilda prezident Putin kimyo qurollarini yo‘q qilishni dunyo hamjamiyatiga va’da qilgan edi. Yaqindagi Assad hujumlari va bizning bunga javobimiz Rossiyaning o‘z va’dalarini bajarmagani natijasidir“, - deya qo‘shimcha qildi Tramp.

Xabarlarga ko‘ra, AQSh, Britaniya va Fransiya havo zarbalariga kimyo quroli ishlab chiqilgani ishoniladigan Damashqdagi ilmiy markaz nishon bo‘lgan.

Bundan tashqari Xomsdagi kimyo quroli saqlanadigan harbiy ombor, Suriya gvardiyasi shtabi, Damashqdagi Mezza aeroporti va Sharqiy Gutadagi Ad Dumeey aeroportiga zarbalar berilgan.

14 aprel Toshkent vaqti bilan 11ga qadar olingan ma’lumotga ko‘ra, ittifoqchilar jami yuzga yaqin raketa otgan.

Munosabat

Britaniya Mudofaa vaziri Suriyaga raketa zarbalari muvaffaqiyatli bo‘lganini ta’kidladi.

Gevin Uilyamsonga ko‘ra, "Tornado" qiruvchi-bombordimonchi uchoqlar bazaga qaytib kelgan.

Britaniya uchoqlari harbiy bazaga qaytib kelgan.
Britaniya uchoqlari harbiy bazaga qaytib kelgan.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin hujumlarni qoraladi.

"AQSh o‘z harakatlari bilan Suriyadagi gumanitar bo‘xronni yana ham chigallashtirmoqda", dedi Putin.

Rossiyaning AQShdagi elchisi Suriyaga qarshi hujum "oqibatsiz qoldirilmaydi" deya ta’kidladi.

"Zaruriy va asosli qadam"

NATO Bosh kotibi Yen Stoltenberg o‘z tvitida hujumlarni qo‘llab-quvvatlab, kimyoviy qurollarni ishlatganlar "javobgarlikka tortilishi kerak" dedi.

Germaniya Kantsleri Angela Merkel raketa zarbalarini Suriya rejimining kimyo quroli qo‘llaganiga "zaruriy va asosli javob", deb atadi.

“Biz ittifoqchilarimiz bo‘lmish AQSh, Britaniya, Fransiyaning bu mas’uliyatni zimmalariga olganini olqishlaymiz. Harbiy aralashuv zaruriy va asosli qadam edi, - dedi Merkel.

Kanada Bosh vaziri Jastin Trudo ham amaliyot tarafdori ekanini bildirdi.

(Voqealar rivojini Ozodlikda kuzating)

XS
SM
MD
LG