Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:52

O‘shda “Mirziyoevga suiqasd qilishga urinish”da ayblangan Dostonbekning otasi ayblov soxta ekanini iddao qildi


Shavkat Mirziyoev 2017 yilning 5 sentabrida Bishkekka davlat tashrifi bilan kelgan edi.
Shavkat Mirziyoev 2017 yilning 5 sentabrida Bishkekka davlat tashrifi bilan kelgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoev Qirg‘izistonga davlat tashrifi bilan keladigan kuni O‘sh va Bishkek shaharlarida portlashlarni sodir etishni va “O‘zbekiston prezidentiga suiqasd qilish”ni rejalashtirganlikda ayblanib 15 yilga qamalgan Dostonbek Sarimsoqovning otasi 17 aprel kuni o‘tgan matbuot anjumanida o‘g‘li "aybsiz ekanini" iddao qildi.

Ўшда “Мирзиёевга суиқасд қилишга уриниш”да айбланган Достонбекнинг отаси айблов сохта эканини айтмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:05 0:00

- Mirziyoev 5 sentabrda kelgan. O‘g‘limni 2 sentabrda qo‘lga olishdi. Uni “Mirziyoevni portlataman, elchixonani portlataman, cherkovni portlataman”, degan niyatda bo‘lgan deb ayblashmoqda. Bir o‘zi uchta joyni portlatmoqchi bo‘lgan emish. Uchta yerda portlashni uyushtirmoqchi bo‘lgan bo‘lsa, hech bo‘lmaganda bitta sherigi bo‘lishi kerak edi-ku. Men “bu ayblovlarni isbotlanglar”, deb talab qilayapman. Lekin hech qanday isbot-dalil yo‘q, - dedi matbuot anjumanida Xursandbek Sarimsoqov.

O‘sh viloyat, Qorasuv tumanidagi G‘ayrat qishlog‘idan bo‘lgan 30 yoshli Dostonbek Sarimsoqov 2017 yilning 2 sentabrida qo‘lga olingan edi. O‘shanda huquq-tartibot tuzilmalari ayblanuvchining uyi tintuv qilinganda portlovchi moslamalar bo‘lgan qopchiq topilgani to‘g‘risida bildirgan.

Lekin Dostonbekning otasi Xursandbek Sarimsoqov 17 aprel kuni o‘tgan matbuot anjumanida ularning uyida "bunday narsa bo‘lmagani" to‘g‘risida bayonot berdi.

Xursandbek Sarimsoqov matbuot anjumanida "o‘g‘lining aybsiz ekanini, unga ayblov qiynoqlar ostida tan oldirilganini, o‘g‘lining terrorchi ekanini isbotlovchi birorta dalil yo‘qligini" iddao qildi.

O‘sh viloyat sudi matbuot kotibi Bekzat O‘smo‘nqulov 17 aprel kuni "O‘shTV" telekanaliga bergan intervyusida Xursandbek Sarimsoqovning bildiruvlarini inkor qildi. Unga ko‘ra, Dostonbek Sarimsoqov ustidan o‘tkazilgan sud jarayonining 9 ta majlisida Dostonbek Sarimsoqovning qiynoqqa solinmagani aniqlangan.

Sud matbuot kotibiga ko‘ra, qo‘lga olish jarayonida qarshilik ko‘rsatgani uchun huquq-tartibot idoralari xodimlari Dostonbek Sarimsoqovga nisbatan kuch qo‘llashga majbur bo‘lgan.

-U sudda Suriyadagi janggarilar bilan aloqada bo‘lganini bildirgan. Shuningdek, u ijtimoiy tarmoqlar orqali noma’lum bir shaxs bilan gaplashib, uni O‘sh va Bishkekda sodir etilishi rejalashtirilayotgan portlashlarda ishtirok etishga chaqirgan, - dedi Bekzat O‘smo‘nqulov.

Ayni paytda Dostonbek Sarimsoqov ishi yuzasidan apellyatsiya jarayoni bormoqda. Apellyatsiya sudi 19 aprel kuni hukm chiqarishi kutilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoev o‘tgan yilning 5-6 sentabr kunlari Bishkekka davlat tashrifi bilan kelgan edi.

XS
SM
MD
LG