Линклар

Шошилинч хабар
12 декабр 2018, Тошкент вақти: 22:30

Andijon shahrining so‘kong‘ich hokimi so‘nggi ogohlantirish oldi


Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullaev

Mahalliy tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va o‘qituvchilarni "shakal, tvar, iflos, harom, hayvon" kabi so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun fuqarolik sudi tomonidan 5 million so‘mga jarima qilingan Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullaev O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan so‘nggi bor ogohlantirildi.

Bu gal Dilmurod Rahmatullaev Bosh vazir tomonidan o‘qituvchilarni darsdan qoldirib, majburiy ishlatishda va o‘qituvchilarga o‘z yonlaridan gul sotib olishga majburlaganlikda ayblandi.

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov 17 aprel kuni o‘qituvchi va shifokorlarni majburiy mehnatga jalb qilish masalasida o‘tkazgan selektor yig‘ilishida, bir necha hokimga hayfsan e’lon qilib, Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullaevni oxirgi marta ogohlantirayotganini aytgan.

Ozodlik o‘tgan yilning 21 noyabrida paxtaga kam odam chiqargan Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullaevning kollej va akademik litseylarning ayolu erkak direktorlarini tahqirlab, “hayvon”, “shakal”, “eshak”, “padaringga la’nat” kabi tahqirlovchi so‘zlar bilan haqorat qilgani haqida birinchi bo‘lib xabar bergan edi.

27 noyabr kuni yuborilgan audioda 18 noyabr kuni o‘tkazilgan majlisda Dilmurod Rahmatullaevning ikki nafar keksa mahalla faolini “shakal, kampir, harom” kabi so‘zlar bilan haqorat qilgani haqida Ozodlik yozgan edi.

4 dekabr kuni Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullaevning majlis qatnashchilarini haqorat qilgani yuzasidan Andijon viloyat prokurori Muzaffar Egamberdiev shahar hokimligiga "taqdimnoma" yuborgani haqida Ozodlik xabar berdi.

18 dekabr kuni Andijon shahar hokimi ishi sudga oshirildi.

Sudning qarori bilan D.Rahmatullaev O‘zbekiston Respublikasi MJtK 41-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, eng kam ish haqining 30 baravari(5 million so‘m) miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi.

Joriy yilning boshidan Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullaevning sudning hukmidan xulosa chiqarmay yana tashkilot rahbarlarini haqorat qilayotgani haqidagi xabarlar Ozodlikka kela boshladi.

Jumladan, haqoratlar yozib olingan audioni Ozodlikka taqdim etgan mahalliy tashkilot rahbarlaridan birining aytishicha, hokim metallolom topshirig‘ini bajarmagan va bolalar sporti jamg‘armasiga pul o‘tkazmagan rahbarlarni yana “iflos, shakal, tvar, hayvon” kabi so‘zlar bilan tahqirlagan.

26 aprel kuni Ozodlik e’lon qilgan navbatdagi maqolada hokim Dilmurod Rahmatullaevning buyrug‘i bilan prezident Mirziyoevning kelishiga obodonlashtirish ishlariga chiqarilgan shahar maktabi o‘qituvchilarining qariyb yarmi turli jyolarda ko‘cha supirayotgani, yo‘l bo‘ylariga gul ekayotgani fotolarda aks etgan edi.

XS
SM
MD
LG