Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:40

Jamoat tashkiloti eks-prezidentni joriy prezidentdan o‘rnak olishga chaqirdi


Cho‘lpon Jakupova, Dina Maslova va Narin Ayiplar sud hukmi bilan Almazbek Atambaevga "yetkazgan ma’naviy zarari"ni bir necha million so‘m to‘lash bilan qoplashi lozim.
Cho‘lpon Jakupova, Dina Maslova va Narin Ayiplar sud hukmi bilan Almazbek Atambaevga "yetkazgan ma’naviy zarari"ni bir necha million so‘m to‘lash bilan qoplashi lozim.

Qirg‘izistondagi "So‘z erkinligini himoya qilish qo‘mitasi" prezident So‘o‘ro‘nbay Jeenbekovning jurnalist Kabay Karabekovga nisbatan moddiy e’tirozlarini qaytarib olishi bilan bog‘liq ijobiy jarayonni olqishladi. Bu boradagi bayonot tashkilot tomonidan bugun tarqatildi.

Qo‘mitaning fikricha, «bu amaldagi prezident tomonidan mustaqil matbuot ishiga aralashmaslik va muxolifatga bosimlarni to‘xtatish masalasida olib boradigan siyosatining tarkibiy bo‘lishiga umid uyg‘otadi».

Shu bilan birga, "So‘z erkinligini himoya qilish qo‘mitasi" sobiq prezident Almazbek Atambaev ham amaldagi davlat rahbaridan o‘rnak olib jurnalistlar Narin Ayip, Dina Maslova, Dayirbek Orunbekov, huquq himoyachisi Cholpon Jakupovaga nisbatan ilgari surgan da’vo arizasini qaytarib olishini talab qildi, «agarda u tarixda va jamiyat xotirasida ijobiy ma’noda qolishni istasa, u boshqa amaldor va deputatlarga nisbatan bag‘rikenglikni namoyish qilishi lozim, chunki har bir mashhur shaxs har qanday tanqidlarga chidashi kerak», deyiladi bayonotda.

17 aprel kuni prezident So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov jurnalist Kabay Karabekovga nisbatan moddiy e’tirozidan voz kechgani ma’lum bo‘ldi. O‘tgan yilning sentabrida «24.kg» axborot agentligi saytida Karabekovning «Sochiga tashrif. Kremlga merosxo‘rning yaxshiligini yana bir bor tushuntirishmoqda» deb nomlangan maqolasi e’lon qilingan edi. Prezidentlikka nomzod So‘o‘ro‘nbay Jeenbekovning saylovoldi shtabi bu maqolani haqoratli deb hisoblagan va sudga murojaat qilgan edi.

Da’vogar maqola muallifi Kabay Karabekov va axborot agentligidan 5 million so‘m talab qilgan. Shundan keyin uchta instansiya sudlari Sooronbay Jeenbekovning da’vosini qanoatlantirgan.

Kabay Karabekovning ishi bilan deyarli bir paytda Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboevning qadr-qimmati va sha’nini himoya qilgan Bosh prokuraturaning da’vosiga binoan, sud Zanoza.kg sayti va uning ta’sischisidan umumiy hisobda 27 mln so‘m (400 ming dollar) undirilishi borasida hukm chiqargan.

Bu pullarning 15 mln so‘mi bevosita sayt tomonidan qoplanishi kerak, Narin Ayip 9 mln so‘m, boshqa ta’sischi Dina Maslova - 3 mln so‘m to‘lashi kerak edi. Yana 13 mln so‘m boshqa javobgarlar - «Adilet» huquqiy klinikasi direktori Cholpon Jakupova (3 mln so‘m) va «Ata Meken»ning ikki advokati( 5 mln so‘mdan) to‘lashi borasida sud tomonidan hukm chiqarilgan edi.

XS
SM
MD
LG