Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:55

BMT, Rossiya va Suriya Dumaga yuborilgan mutaxassislar xavfsizligini muhokama qilmoqda


Rossiya harbiylari Dumada vayron etilgan binolarni nazorat qo‘riqlamoqda
Rossiya harbiylari Dumada vayron etilgan binolarni nazorat qo‘riqlamoqda

BMT xodimlari Suriya va Rossiya rasmiylari bilan Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti (OPCW) ekspertlari Duma shahriga kira olishi uchun ularning xavfsizligini ta’minlash masalasida muzokaralar o‘tkazmoqda.

Bu haqda tashkilot rasmiylari bildirdi.

17 aprelda Suriyaning BMTdagi elchisi Bashar Ja’fariy tashkilot ekspertlari Duma shahriga kiritilganini bildirgan edi:

- Suriya hukumati tashkilot ekspertlarnining faktlarni aniqlash bo‘yicha faoliyatini yengillashtirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratib ko‘mak ko‘rsatdi va 17 aprel Damashq vaqti bilan soat 15 da ekspertlar Duma shahriga kirib bordi, - degandi Bashar Ja’fariy.

Ammo Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti direktori Ahmet Uzumju Dumaga vaziyatni baholash uchun Dumaga borgan BMT xavfsizlik mutaxasisslari o‘qqa tutilganini bildirdi.

AFP xabar agentligi BMTning xavfsizlik departamenti tez orada kelishuvga erishilishiga umid qilayotgani haqida xabar qildi.

7 aprelda Suriyaning Duma shahrida kimyoviy hujum sodir etilgani to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti Dumada kimyoviy qurol qo‘llanishi oqibatida oqibatida 43 kishi “yuqori darajadagi kimyoviy toksik bombadan” zaharlanish simptomlaridan o‘lgani haqida bildirgan.

Bunga javoban AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniya harbiylari 14 aprel kuni Suriya hukumatiga qarashli nuqtalarga havodan hujum uyushtirdi.

AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan amalga oshirilgan havo hujumlari Suriyada yetti yildan buyon davom etayotgan qonli urushda prezident Bashar Asad hukumatiga qarshi G‘arb kuchlari tomonidan berilgan eng kuchli zarba bo‘ldi.

G‘arb davlatlari Suriya va uning hamkori Rossiya Dumaga mutaxassislar kirishiga atayin to‘sqinlik qilayotgani, bundan maqsad dalillarni o‘zgartirish ekanini aytmoqda.

Damashq va Moskva iddaosiga ko‘ra, kimyoviy hujum haqidagi xabarlar uydirmadir.

Uzumju BMT mutaxassislari Damashqqa yetib borgani, ammo ularning xavfsizligi ta’minlanmas ekan Dumaga kirmasligini aytdi.

- Ayni damda guruh qachon Dumaga yuborilishini bilmaymiz, - dedi u.

Uzumju BMT guruhi 17 aprelda Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti mutaxassislari safaridan oldin razvdeka qilish rejalashtirilgani, ammo ekspertlar hujum amalga oshirilgan birinchi joyga borgan paytda ularni olomon qurshab olgani va shu sabab ular ketishga majbur bo‘lgani, ikkinchi joyda esa ularga qarata o‘q otilganini aytdi.

Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti direktori Uzumju kimyoviy hujum amalga oshirilgani taxmin qilinayotgan ikki hududni Rossiya harbiylari boshqarayotganini aytdi.

AQSh mudofaa vaziri Jim Mettis esa Suriya hukumatini mutaxassislar tashrifini aytayin kechiktirishda aybladi.

Vazir Suriya hukumati bundan avval ham bir necha marta tergovchilar tashrifidan oldin dalillarni “tozalaganini” qo‘shimcha qildi.

18 aprel kuni kech AQSh Davlat departamenti Suriyadagi kimyoviy hujum uchun Rossiyani ayblab navbatdagi bildiruvni e’lon qildi.

XS
SM
MD
LG