Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:21

Kitobda urug‘likka ajratilgan kartoshka fermerlarga majburlab sotilmoqda


Qashqadaryoning Kitob tumanida fermerlarning shikoyat qilishicha, ular hokimlik bosimi ostida urug‘lik kartoshkasini bozor narxidan bir necha barobar qimmatga sotib olishga majburlanmoqda.Kitob tumani hokimligi vakiliga ko‘ra, Qashqadaryo viloyat hokimligi kartoshkachilikni rivojlantirish maqsadida tumanga jami 1250 tonnadan ziyod yaqin urug‘lik kartoshkasi ajratgan. Har bir fermer xo‘jaligiga kamida 40 so‘tix yerga kartoshka ekish uchun 1,5 tonna kartoshka urug‘ining har kilosini 7 yarim ming so‘mdan olish tayinlangan.

Ismi sir qolishi sharti bilan Ozodlikka gapirgan kitoblik fermerga ko‘ra, ichki ishlar xodimlari kartoshka urug‘i olishdan bosh tortgan fermerlarni IIBga olib borib, bosim o‘tkazmoqda.

- 16 aprel soat 17:00 dan 23:00 gacha Agro bank Kitob tuman filialida Kitob tumanidagi fermerlarni Tuman hokimi, Prokuror, IIB boshlig‘i bitta xonaga yig‘ib 7500 so‘mdan majbur kartoshka olasan, Prezidentni qarori deya yig‘ilish o‘tkazadi. Bosh ko‘targan fermerlarning 2 tasini IIB bo‘limiga olib bordi, - dedi kitoblik fermer.

Kitob tumani hokimligi mulozimining ma’lum qilishicha, viloyat hokimligi kartoshkachilikni rivojlantirish maqsadida tumanga ja’mi 1250 tonnadan ziyod yaqin urug‘lik kartoshkasini ajratgan.

Har bir fermer xo‘jaligiga kamida 40 so‘tix yerga kartoshka ekish uchun 1 yarim tonna kartoshka urug‘ining kilosini 7 yarim ming so‘mdan olish tayinlangan.

Lekin, mulozim fermerlarga majburan sotilayotgan urug‘lik kartoshkani aynan qaysi agrofirmalar, qanday narxda va qaysi davlatdan sotib olgani borasida izoh bermadi.

Tumanning qishloq xo‘jaligi masalalariga mas’ul Husan Hamroev Ozodlik bilan suhbatda urug‘lik qartoshka tumanda kartoshka yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish maqsadida maxsus Gollandiyadan keltirilganini bildirdi.

U fermerlarga urug‘ni sotib olish uchun dehqonlarga bosim o‘tkazilayotgani haqidagi iddaolarni rad qildi.

- Bu urug‘lik kartoshka. Fermer xo‘jaliklari bilan 1250 tonnaga shartnoma qilsak, bir gektariga 3 yarim tonnadan reja qo‘yilgan. Biz fermer xo‘jaliklar yerini hisobga olgan xolda hammasiga bir xil qilib, 40 so‘tixdan shartglma qilidiryapmiz. Bu 11 million so‘m atrofida bo‘lyapti. To‘g‘ri bu o‘zimizdagidan ikki baravar qimmat. Lekin undan keladigan daromad ham oddiy kartoshkanikidan ikki baravar ko‘p bo‘ladi. Fermerlarni e’tirozi pul masalasida bo‘lyapti. Lekin, Agrobank fermerlarga urug‘lik kartoshka olish uchun kredit beryapti, Agrosug‘urta kafil bo‘lyapti. agar fermer xo‘jaliklari kasodga uchrab to‘lolmay qolsa Agrosug‘urta to‘lab beraman deyapti. Shuncha imkoniyat berilyapti, bular qo‘rqayapti, - dedi Husan Hamroev.

Lekin, kitoblik fermer kartoshka yetishtirish foyda keltirmasligini aytdi:

- Birinchidan qimmat. Ikkinchidan,bizni tuproqda kartoshkadan yuqori hosil olishiga ko‘zimiz yetmaydi. Shunga qaramay, hokimiyatdagilar kimningdir og‘zaki buyrug‘i bilan urug‘lik kartoshkani ikki baravar qimmat narxda bizga majburlab o‘tkazishga urinyapti. Yerga nima ekishni bizni o‘zimizga qo‘yib bersin, nima ekishni, qanday yetishtirishni o‘zimiz bilamiz, - deydi kitbolik fermer.

O‘tgan yili O‘zbekiston bozorlarida kartoshka qimmat bo‘ldi.

Bir kilo kartoshkaning narxi 6 ming so‘mdan oshib ketgani ham kuzatildi.

O‘zbekiston rasmiy matbuotiga ko‘ra, hukumat mamlakatda kartoshka yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish uchun bu yil 11 650 tonna urug‘lik kartoshka import qilgan.

Lekin, urug‘lik kartoshka qancha mablag‘ evaziga chetdan sotib olingani haqida ma’lumot yo‘q.

O‘zbekistonda fermerlar tahdid va tazyiqlar ostida hokimlik nimani ek desa shuni ekishga majbur.

17 aprel kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida hokim fermer ekkan no‘xatini haydattirib o‘rniga paxta ektirgani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG