Линклар

Шошилинч хабар
22 январ 2021, Тошкент вақти: 15:49

Mirziyoev tanqididan so‘ng ham ayol o‘qituvchilar tungi navbatchilikka majburlanyapti


Kitob tumanidagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va Bosh vazir Abdulla Aripovning o‘qituvchilarni darsdan boshqa ishlarga majburlangani qattiq tanqid qilganidan so‘ng ham Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida o‘qituvchilar maktablarda tungi navbatchilik qilishga majburlanyapti. Ozodlik suhbatlashgan o‘qituvchilarning aytishlaricha, ayol muallimlar tunda qorovul erkak bilan birga navbatchilik qilmasligi uchun o‘z o‘rniga qarindoshini yuborishga yoki pulga odam yollashga majbur bo‘lmoqda. Kitob tumani 35-maktab direktori shunday holat bo‘lganini tan oldi.

Мирзиёев танқидидан сўнг ҳам аёл ўқитувчилар тунги навбатчиликка мажбурланяпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:14 0:00
Бевосита линк

Ozodlikka 19 aprel kuni Kitob tumanidagi 35-umumiy ta’lim o‘rta maktabining o‘qituvchisidan kelgan maktubda, ularning maktabda tungi navbatchilikka majburlanayotgani haqida yoziladi:

"Prezident va Bosh vazirning gaplaridan keyin ham o‘qituvchi maktabda tungi navbatchilikda turishi mumkinmi? Buning uchun hech qanday qo‘shimcha ish haqi to‘lanmaydi va kunduzgi ish vaqtidan ham ozod qilinmaydi. Kechqurun soat 6 dan ertalab soat 7 gacha uxlamasdan tungi postda turgan o‘qituvchi soat 8 dan boshlanadigan ish vaqtiga ulguradimi? Tunda uxlolmagan ustoz qanday qilib o‘quvchilarga yaxshi bilim bera olishi mumkin? Unday bo‘ladigan bo‘lsa, maktabda qorovullik shtati nega kerak? Bizning maktabda shunday bo‘lyapti", deb yozadi o‘qituvchilardan biri.

Ozodlik bog‘langan 35 – umumta’lim maktabining ismi sir qolishini so‘ragan o‘qituvchisining aytishicha, maktabda kundalik tungi navbatchilik 8 martdan, maktabga O‘ktam Yorov direktor bo‘lib tayinlangan kundan boshlangan:

“Bunday navbatchiliklar avval ham bo‘lardi. Faqat katta bayram kunlari bir-ikki kun, biz, erkak o‘qituvchilar turardik. O‘ktam Yorov direktor bo‘lib kelganidan so‘ng, kunlik bo‘ldi. Hatto, ayol o‘qituvchilarimiz ham navbatchilikka qo‘yishdi. Men sizga direktor tuzgan ro‘yxatni yuboraman. O‘shandan beri har kuni bir kishi maktab qorovuli bilan qorovulxonada o‘tirib chiqishi kerak. Ayol o‘qituvchining begona qorovul erkak bilan tunda yolg‘iz qoldirish, bu axloq-odobga to‘g‘ri kelmasligini direktorimiz tushunishni istamayapti”, deydi o‘qituvchi.

35-maktab o‘qituvchilarining tungi navbatchilik ro‘yxati
35-maktab o‘qituvchilarining tungi navbatchilik ro‘yxati

​Muallimlarning tungi navbatchilik ro‘yxatini Ozodlikka taqdim qilgan bu o‘qituvchining aytishicha, ayol o‘qituvchilar o‘z o‘rniga qarindoshini yuborishga yoki pulga odam yollashga majbur bo‘lyapti:

“Baribir hech qaysi ayol o‘qituvchining eri ham, farzandlari ham uni tungi navbatchilikka qo‘ymaydi. O‘rniga eri yoki o‘g‘li, yoki biror qarindoshi kelyapti. Odam topolmaganlari esa maktab zavxozi(xo‘jalik mudiri – tahririyat)ga 10-15 ming so‘m berib, undan turib berishni iltimos qilyapti. Ba’zi ayol o‘qituvchilarimiz navbatchilikka bormay qolgan bo‘lsa, direktor undan tushuntirish xati yozdirib olish va bu haqda xalq ta’limi bo‘limiga xabar qilish bilan tahdid qilmoqda. Axir, maktabda ikki nafar qorovul bo‘lsa, bu ortiqcha dahmaza nimaga kerak?”, deydi o‘qituvchi.

35-umumiy ta’lim o‘rta maktabining direktori O‘ktam Yorov Ozodlik bilan suhbatda o‘qituvchilarning tungi navbatchiligi tuman xalq ta’limi bo‘limining topshirig‘i bilan tashkil etilganligini aytdi:

- Navbatchilikni biz har doim ham qo‘yganimiz yo‘q. RayONO tomonidan bayramoldi kunlarda tungi navbatchilik tashkil qilingan. Uni ham dasrini hisobga olib, darsi kam paytini mo‘ljallab qo‘yamiz. Maktab atrofi ochiq bo‘lganligi uchun maktab xavfsizligini ta’minlash maqsadida tashkil qilingan, - dedi mudir.

Ozodlik uning ixtiyorida maktab direktorining imzosi bilan 8 martdan boshlab 30 maygacha tungi navbatchi o‘qituvchilar ro‘yxati nusxasi borligini aytganidan so‘ng, O‘ktam Yorov buning mas’uliyatini kotibaga yukladi:

- Kotiba o‘zi hammasini kunma-kun qo‘yib taylaganda. Men hozir tungi navbatchilikni to‘xtatganman. Qo‘ymaymiz endi. Qorovulning o‘zi turadi. Bu xalq ta’limi bo‘limi tomonidan aytilgan edi-da, - dedi shu ro‘yxatga o‘zi imzo chekkan maktab direktori.

Ozodlik Kitob tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri Avloqul Avlaev bilan bog‘lanib, o‘qituvchilarning tungi navbatchiligi u tomonidan tashkil qilinganiga izoh so‘radi.

Mudir o‘sha zahoti 35-maktab direktori O‘ktam Yorovga qo‘ng‘iroq qilib, “bizdan shunday topshiriq bo‘lganmi?” deb so‘radi.

O‘ktam Yorov go‘shakning u tomonidan, “bunday topshiriq bo‘lgani ham yo‘q, aytganim ham yo‘q”, dedi va Ozodlikka bergan ma’lumotini o‘zi inkor qildi.

Xalq ta’limi bo‘limi mudiri Avloqul Avlaevning aytishicha, birorta maktabga bunday topshiriq berilmagan.

Ammo, Ozodlik bilan suhbatlashgan 35-maktab o‘qituvchisining aytishicha, hech qachon direktor o‘zicha bunday tungi navbatchilikni tashkil qila olmaydi:

“Bunday holatni mudir Avlaev juda yaxshi biladi.. chunki adashmasam 2 aprel kuni maktabimizga tashrif buyurgandi va e’lonlar taxtasiga nazar solib, buni o‘qigan edi, dedi o‘qituvchilardan biri.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 13 aprel kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanidagi yig‘ilishda o‘qituvchilarning obodonlashtirish ishlariga jalb qilinayotganini qattiq tanqid qilgan edi.

17 aprel kuni Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan yig‘ilishda bosh vazir Abdulla Aripov byudjet tashkilotlari xodimlarini majburan ishlatayotgan rahbarlarni qattiq qoraladi.

XS
SM
MD
LG