Линклар

Шошилинч хабар
21 июл 2018, Тошкент вақти: 07:18

OzodMikrofon: “Ishlab turgan korxonamni to‘xtatib qo‘yishga majbur qilishdi”


Farg‘ona viloyatidagi "Oltiariq Qiziltepa bulog‘i" kichik korxonasi qadoqlagan suv

Farg‘ona viloyat, Oltiariq tumanidan qo‘ng‘iroq qilgan tadbirkor Muhammadxalil Toshpo‘latovning iddao qilishicha, uning Faxriylar sanatoriysi hududida tashkil qilgan mineral suv ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan kichik korxonasi faoliyati tamagirlik vaji bilan to‘xtatib qo‘yildi.

OzodMikrofon: “Ишлаб турган корхонамни тўхтатиб қўйишга мажбур қилишди”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:22 0:00
Бевосита линк

Ovqat hazmi va buyrakdagi toshlarni maydalash xususiyatiga ega bo‘lgan bu shifobaxsh suv respublika aptekalari va savdo shoxobchalarida sotilgan.

​Muhammadxalil Toshpo‘latovning iddaosicha, sanatoriy direktori korxona faoliyatini asossiz bahonalar bilan to‘xtatib, ijara shartnomasini davom ettirmagan.

Korxonada qadoqlangan suv
Korxonada qadoqlangan suv

​Korxona faoliyati to‘xtatib qo‘yilgani bois o‘ndan ortiq ishchi ishsiz qolgan, ayni paytda esa, bu suvni sotib olishga taklif qo‘shni davlatlardan ham tushmoqda.

Тадбиркор кичик корхонаси тўхтатиб қўйилганидан шикоят қилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:00 0:00

--------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG