Линклар

Шошилинч хабар
08 май 2024, Тошкент вақти: 17:07

Qirg‘iziston yangi bosh vaziri kortejdan bosh tortdi va yo‘llarni to‘smaslikka buyruq berdi


Muhammedkaliy Abilgaziev (o‘ngda) 2017 yilda o‘sha paytdagi bosh vazir, hozir amaldagi prezident So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov (chapda)ning o‘rinbosari bo‘lgan edi.
Muhammedkaliy Abilgaziev (o‘ngda) 2017 yilda o‘sha paytdagi bosh vazir, hozir amaldagi prezident So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov (chapda)ning o‘rinbosari bo‘lgan edi.

Qirg‘izistonning yangi - 30-bosh vaziri Muhammedkaliy Abilgaziev o‘zini kuzatib boruvchi kortejdan bosh tortdi hamda huquq-tartibot tuzilmalariga bosh vazir ishga ketayotganida yo‘llarni to‘smaslik to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.

Қирғизистон янги бош вазири кортеждан бош тортди ва йўлларни тўсмасликка буйруқ берди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:53 0:00

Hukumat apparatining bildirishicha,bu ko‘rsatma 21 aprel - hukumat rahbari birinchi ish kunini boshlaganidan amal qila boshladi.

Qirg‘iziston prezidenti So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov ham o‘zi ishga ketayotganida yo‘llarni boshqa avtomashinalar hamda odamlar harakatlanishidan to‘smaslik to‘g‘risida buyruq bergan edi.

Prezident va bosh vazir barcha oddiy fuqarolar kabi umumiy yo‘ldan ishga borib-keladilar.

Yangi hukumatdagi vazirlarning yarmi eski hukumatlarda ishlagan

Muhammedkaliy Abilgaziev 20 aprelda parlament tomonidan bosh vazir etib saylangan edi. Biroq u taklif etgan hukumat tarkibida vazirlarning yarmini iste’foga chiqarilgan eski hukumat a’zolari tashkil qilmoqda.

Muhammedkaliy Abilgaziev bu boradagi savollarga javob berar ekan:

-Biz samarali ishlagan vazirlarni o‘z lavozimlarida saqlab qolishga qaror qildik, - deb aytdi.

Deputat: Yoshlar hukumati ketib, qariyalar hukumati keldi

Ayrim siyosatchilar Muhammedkaliy Abilgaziev hukumatini “qariyalar hukumati” deb baholamoqda.

-Yosh bolalarning hukumati tezda hokimiyatdan ketdi, endi choponini sudragan chollarning hukumati keldi. Yaxshi hukumat bu, deb maqtov so‘zlarini aytay desam, bu eski, ishlatilib bo‘lingan hukumat, -dedi parlament deputati Riskeldi Mombekov.

Biroq parlament deputatlarining asosiy ko‘pchiligi yangi hukumat korrupsiyaga qarshi kurash va iqtisodiy islohotlar masalasida siyosiy erkka ega ekaniga ishonishlarini aytmoqdalar.

Sapar Isaqovning "ishonchsizlikka uchragan" hukumati

Qirg‘iziston parlamenti 19 aprel kuni ertalab asosiy ko‘pchilik ovoz bilan hukumatga ishonchsizlik bildirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi. Buning ortidan sobiq prezident Almazbek Atambaevning “o‘ng qo‘li” va ishonchli shogirdi ekani aytilib kelingan Sapar Isaqov rahbarligidagi asosan yoshlardan iborat hukumat iste’foga chiqarildi.

Parlamentdagi hukumron Sotsial-demokratlar fraksiyasi rahbari Isa O‘murqulov bosh vazir va prezident o‘rtasida yuzaga kelgan siyosiy ziddiyat ortidan hukumatga ishonchsizlik bildirish qarorini qo‘llagani to‘g‘risida aytgan edi.

Bosh vazir Sapar Isaqov rahbarligidagi hukumat 2017 yilning avgustida ish boshlagan edi.

Sapar Isaqov rahbarligidagi hukumat Qirg‘iziston tarixida ishonchsizlik bildirilgani ortidan iste’foga chiqariladigan ikkinchi hukumat bo‘ldi.

Bundan oldin 1993 yilda Tursunbek Chingishev rahbarligidagi hukumatga ishonchsizlik bildirilgan edi.

XS
SM
MD
LG