Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:23

“O‘zbek va turkmanlar o‘tmishda ruslarga qarshi bir tan, bir jon bo‘lib kurashgan edi”


Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 23 aprelda O‘zbekistonga ikki kunlik davlat tashrifi bilan keldi.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 23 aprelda O‘zbekistonga ikki kunlik davlat tashrifi bilan keldi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi mulozimi¸ tarix fanlari nomzodi Ne’mat Polvonov Ozodlik bilan suhbatda o‘zbek-turkman munosabatlarining uch davriga to‘xtaldi.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning ikki kunlik tashrif O‘zbekistonga kelishi munosabati bilan o‘tkazilgan 20 daqiqalik suhbatda Ne’mat Polvonov, jumladan, bunday dedi:

- Bugungi o‘zbek davlatchiligi poydevorlaridan biri bo‘lgan Xiva xonligi tarkibida 1924 yilgacha yashagan turkmanlar tashqi dushmanlarga qarshi faol kurashgani bilan tarixga kirdi. Xususan, turkman sardorlari 1873 yilda chor generallari Kaufman¸ Veryovkin boshchiligidagi ishg‘olchi kuchlarga qarshi mardonovor kurashgan edi. Shuningdek, Junaidxon boshchiligidagi kuchlar Xivaga hujum qilgan qizil armiya (Sovet armiyasi) qo‘shinlariga qarshi kurashgan edi.

Ikkinchi davrni esa, 1924 yildan 1991 yilgacha, deb belgilasak, bu davrda Sovet Turkmanistoni va Sovet O‘zbekistoni o‘rtasidagi munosabatlar madaniiy sohada yaxshi rivojlandi. Bordi-keldi¸ savdo-sotiq ham erkin edi.

1991 yildan boshlab ikki davlat o‘rtasida munosabatlar sal bo‘lsa ham sovuqlashdi. Borish kelish vizalik bo‘ldi. Davlatlar orasiga tikanli simlar tortildi.

Shu kunlarda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning O‘zbekistonga kelishi - men aytgan uch davrdan ko‘ra yaxshiroq munosabatlar boshlanganidan darak. Turkman va o‘zbek bir olmaning ikki pallasi. Ularning o‘tmishi va buguni bir¸ kelajagi ham bir. Bu kelajakning farovon bo‘lishi ikki davlat boshliqlarining siyosiy irodasiga bog‘liq¸ dedi suhbatdosh.

Suhbatni to‘lig‘icha quyida tinglang:

“Ўзбек ва туркманлар ўтмишда русларга қарши бир-тан¸ бир жон бўлиб курашган эди”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:19:18 0:00

XS
SM
MD
LG