Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:58

Torontoda mashinani yo‘lovchilar ustiga haydagan shaxs qo‘lga olindi


Voqea joyidan olingan videotasvirdan kadr. Toronto, 2018, 23 aprel.
Voqea joyidan olingan videotasvirdan kadr. Toronto, 2018, 23 aprel.

Kanadaning Toronto shahrida mikroavtobusning piyodalar o‘tish yo‘lkasiga haydalishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi,15 kishi jarohatlandi.

Politsiya bu hujum maxsus uyushtirilgan, degan xulosaga keldi, biroq bu voqeani terakt deb baholashga hali erta ekanini bildirmoqda.

Jamoat xavfsizligi vaziri Ralf Gudal 23 aprel kuni Tvitter sahifasida “Bu mudhish voqeaning milliy xavfsizlikka aloqasi yo‘qqa o‘xshayapti”, deb yozdi.

Biroq Amerika xavfsizlik xizmatlaridagi manbaga tayangan Reutersning ma’lum qilishicha, politsiya Torontodagi hodisani terakt sifatida ko‘rmoqda.​ Tergov davom etmoqda.

Mashina rulida bo‘lgan 25 yoshli haydovchi Aleks Minassian voqea joyida qo‘lga olingan.

25 yoshli Alek Minassianning ijtimoiy taromoqlardagi profilida ta’kidlanishicha, u Senekadagi mahalliy kollej talabasidir. Ma’lumotlarga ko‘ra, u piyodalar ustiga ataylab mashinani haydagan, biroq uning hatti-harakatlarining sabablari noaniqligicha qolmoqda. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, haydovchi katta tezlikda mashinani trotuarga haydagan va odamlarni bosib ketgan. Shahar politsiyasi boshlig‘i Mark Sondersning xabar qilishicha, Minassian avvalroq politsiyaga ma’lum bo‘lmagan va biror bir terror guruhlariga aloqasi yo‘q.

Voqea guvohlarining bildirishicha, Aleks Minassian o‘zini qo‘lga olmoqchi bo‘lgan politsiyachiga qarata “Meni o‘ldir”, deb baqirgan.

7 aprel kuni Germaniyaning Myunster shahrida avtomobil ko‘cha chetidagi qahvaxona xo‘randalari ustiga bostirib bordi. Hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘lib, 30ga yaqin kishi jarohat oldi. Hodisa gumondori otib tashlandi.

O‘tgan yilning aprel oyida Stokholm markazida O‘zbekiston fuqarosi Rahmat Oqilov o‘g‘irlangan yuk mashinasi bilan olomonga borib urilgan edi. Natijada 5 kishi halok bo‘lib, yana 15 kishi jarohat olgan. Sud majlisida Oqilov “Islom davlati” terror tashkilotini “qo‘llab-quvvatlashga” o‘z hissasini qo‘shish maqsadida ataylab mashinani odamlar ustiga haydaganini ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG