Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:16

"Ko‘zim ojiz, ikki qizim tug‘ma falaj, hokimlik va’da qilgan uyni bermayapti"


Farg‘onalik ko‘zi ojiz ona Mavluda O‘rmonova tug‘ma falaj qizlari Matluba va Muhayyo bilan davlat va’da qilgan uyni kutib ijarada yashamoqda.
Farg‘onalik ko‘zi ojiz ona Mavluda O‘rmonova tug‘ma falaj qizlari Matluba va Muhayyo bilan davlat va’da qilgan uyni kutib ijarada yashamoqda.

OzodMikrofon eshitirishi nomiga Farg‘onadan kelgan xat mana bunday boshlanadi: “Men, O‘rmonova Mavluda Akramovna, I guruh nogironiman – ko‘zim ojiz. Qizlarim: G‘ofurova Matluba II guruh nogironi – tug‘ma serebral falaj (TSF); G‘ofurova Muhayyo uch karra I guruh nogironi - oligofreniya, TSF, glaukoma.

Uchinchi qizim - Xoliqova Muxlisa 26-umumta’lim maktabining 3-sinf o‘quvchisi sog‘lom. Yolgiz onaman, boquvchim yo‘q. 2007 yildan buyon ijarama-ijara, ijara to‘lovi va kommunal to‘lovlarini to‘lab, uch farzandim bilan yashab kelmoqdaman...”

Mavluda O‘rmonovadan kelgan uzun xatning qisqa mazmuni budir: Farg‘ona viloyat hokimligi mulozimlari uning arizasini olib, hovlisi ikki so‘tixlik uy ajratishga va’da bergan, lekin uydan hanuz darak yo‘q.

“Men Farg‘ona viloyat xotin-qizlar kengashiga, Farg‘ona shahar xotin-qizlar kengashiga, Farg‘ona shahar hokimiga, Farg‘ona viloyat hokimiga bordim, ba’zilari qabulida bo‘ldim. Biroq hech qanday natija bo‘lmayabdi”, - deb yozdi Mavluda O‘rmonova.

OzodMikrofon eshitirishi xat muallifi bilan bog‘landi. Uning his-xayajonga to‘la hasratini eshitgach, suhbatni yana boshidan boshladi.

Фарғоналик Мавлуда Ўрмонова билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:39 0:00
Бевосита линк

Mavluda O‘rmonova Ozodlik so‘roviga javoban o‘zi va qizlarining, ijarada yashab turgan uyining, o‘zi va qizlarining nogironligini tasdiqlovchi ma’lumotnomalarning suratlarini taqdim etdi:

Mavluda O‘rmonovaning qizi Muhayyo I guruh nogironi
Mavluda O‘rmonovaning qizi Muhayyo I guruh nogironi

Mavluda O‘rmonovaning qizi Matluba II guruh nogironi
Mavluda O‘rmonovaning qizi Matluba II guruh nogironi

Mavluda O‘rmonovaning oilasi ijarada yashayotgan uy
Mavluda O‘rmonovaning oilasi ijarada yashayotgan uy

Ozodlik ixtiyorida ona va uning qizlarining kasalligini tasdiqlovchi ma’lumotnomalar suratlari ham mavjud.

Ikki qizi tug‘ma falaj ko‘zi ojiz farg‘onalik ona - Mavluda O‘rmonova bilan suhbatni e’tiboringizga OzodMikrofon eshittirishi formatida, ya’ni masalani qo‘shimcha o‘rganmay havola qildik.

Qahramonimiz tilga olgan Farg‘ona viloyat xotin-qizlar kengashi, Farg‘ona shahar xotin-qizlar kengashi, Farg‘ona shahar hokimligi, Farg‘ona viloyat hokimligining O‘rmonovalar oilasi muammolari yuzasidan izohlarini eshitish va e’lon qilishga Ozodlik radiosi tayyor.

XS
SM
MD
LG